Kanada va Yaponiya ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Bosh vazirlar Jastin Tryudo va Fumio Kisida LXR va DXR mustaqilligini tan olinganidan so‘ng Rossiyaga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kecha, 22 fevral kuni Kanada hukumati o‘z fuqarolariga LXR va DXR bilan har qanday moliyaviy faoliyatni taqiqlashini maʼlum qildi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida esa sanksiyalarga Yaponiyada Rossiya obligatsiyalarini chiqarishni taqiqlash va ayrim rossiyalik shaxslarning aktivlarini muzlatish kiradi, dedi.