📌Ukraina ichki ishlar vazirining maslahatchisi Anton Geraщyenkoning aytishicha, Rossiya mudofaaa vaziri Sergey Shoygu infarktni boshdan kechirgan, shuning uchun u mart o‘rtalaridan buyon rasmiy tadbirlarda ko‘rinmadi. Biroq, Rossiya matbuot kotibi Peskovning maʼlum qilishiga ko‘ra, “Ukrainada maxsus harbiy operatsiyalar ketayotgan vaqtda Shoyguning media chiqishlar uchun vaqt ajratishi aqlga sig‘maydi” deya Shoyguning jamoatchilik oldida ko‘rinish bermaganiga izoh bergan.
📌Rossiya Federatsiyasi moliyachilarning mamlakatdan ketishini taqiqladi. Buni ifodalovchi qonun loyihasida bankirlar, sug‘urta kompaniyalari rahbarlari va nodavlat pensiya jamg‘armalari uchun Rossiyadan chiqib ketish huquqini cheklash nazarda tutilgan.
📌Fransiya prezidenti Mariupolda shaharni tark etmoqchi bo‘lgan tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha “alohida gumanitar operatsiya” o‘tkazilishini eʼlon qildi. Makron yaqin kunlarda bu masalani Putin bilan muhokama qiladi.
📌BMT Ukrainadagi biolaboratoriyalar ishini tekshirish natijalarini taqdim etishini maʼlum qildi. Bu masalada Xitoy ham katta qiziqish bildirmoqda (bu haqda saytda tahlili material eʼlon qilingan).
📌Sholsning taʼkidlashicha, Germaniya rus gazidan kutilganidan ham tezroq voz kechishga qodir. Biroq, ayni vaqtda rus gazidan voz kechilishi narxlarni ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin deb izoh bergan.
📌Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya ishtirokchilari uchun faxriylar maqomini berish va ularga katta daromatli bonuslar berish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi.
📌Medvedev xorijiy kompaniyalar Rossiyaga albatta qaytishiga ishonishini maʼlum qildi. Shuningdek hozirgi vaziyatda Rossiya hukumati tomonidan olib borayotgan siyosatga qarshi chiqqanlarni xoinlikda ayladi.
📌Medvedev Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkin bo‘lgan 4 ta holatni aytib o‘tdi:
— uning hududiga yadro quroli yordamida hujum qilinganida;
— Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi yadro qurolidan foydalanilganda;
— agar muhim infratuzilmaga tajovuz bo‘lsa, buning natijasida Rossiyaning yadroviy to‘xtatuvchi kuchlari falaj bo‘ladi;
— Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda, buning natijasida mamlakatning mavjudligi tahdid ostida bo‘ladi.
Matbuot kotibi Peskov esa Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkinmi deya berilgan savolga “ha” deb javob bergan edi.
📌Urush boshlanganidan beri Ukrainadagi otishmalar sakkizta mintaqada kamida 59 ta tarixiy ahamiyatga ega binoga zarar yetkazgan.
📌Janubiy Osetiya askarlari Rossiya tomonida jang qilish uchun Ukrainaga boradi. Bu haqida hudud rahbari Anatoliy Bibilov maʼlum qildi.
📌Lvovda kuchli portlashlar yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Lvovdagi portlashlar oqibatida neft ombori yonmoqda.
📌Agar Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududini tark etsa va Moskva kelajakda agressiyadan voz kechishini isbotlasa, Rossiyadan sanksiyalar olib tashlanishi mumkin, dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass. Unga ko‘ra, agar tajovuz qayta boshlansa, sanksiyalar darhol qaytariladi.
📌 Zelenskiy:“Ukraina betaraflik bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkin. Lekin bunga vaqt kerak.”