O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 888,3 trln so‘mga yetgan. Bu dollarning o‘rtacha kursida hisoblaganda 80,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
Lekin YAIM statistikasi va sal avvalroq eʼlon qilingan sanoat statistikasi o‘rtasida farqliklar bor.
Masalan, sanoat statistikasida elektr ishlab chiqarish 70 995,4 mln.kVt.soat ko‘rsatilgan bo‘lsa, YAIM statistikasida 74 296,2 mln.kVt.soat elektr ishlab chiqarilgani qayd etilgan. Va tabiiyki, YAIM statistikasi bo‘yicha 2022 yilda elektr generatsiyasi kamayishi emas, ko‘payishi yuz bergan.
Undan ham qizig‘i avtomobillar soni bo‘yicha farq. Sanoat statistikasi bo‘yicha 307 177 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan, YAIM statistikasi esa 328 118 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ko‘rsatilgan. Oz emas, naq 20 941 dona avtomobil farqi yuzaga kelgan. O‘zavtoning o‘zi esa 2022 yilda 327 640ta avtomobil ishlab chiqarganini ko‘rsatgan.
Farqlarni boshqa soha statistikalarida ham topish mumkin.
Yomon gumon emas, lekin YAIM bu bosh statistika, tushuntirilish yoki izohlar berilishi kerakka o‘xshaydi.