1 iyun holatiga byudjet jamlanma defitsiti 29,4 trillion so‘mdan oshdi

May oyida Davlat byudjetining daromadlari 22,7 trillion so‘mdan oshgan, xarajatlar 26,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Byudjet daromadlarining tezroq o‘sa boshlagani oylik defitsitni 3,8 trillion so‘mgacha qisqartirgan.Byudjet daromadlarining o‘sishi tezlashgani hisobiga oylik defitsit qisqara boshlagan.

5 oy davomida Davlat byudjetining jamlanma defitsiti 29,4 trillion so‘mdan oshgan.

Daromadlar va xarajatlar tarkibi, o‘tgan yilning tegishli davri bilan solishtirish imkoniyati yo‘qligi uchun boshqa chuqurroq va kengroq xulosalarni chiqarishga shoshilmaslik kerak bo‘ladi.