Turkmanistonda katta miqdorda metan sizib chiqishi qayd etildi

Avgust oyining oxirida sunʼiy yo‘ldosh tomonidan Turkmanistonning Rossiya va Xitoyga gaz yetkazib beriladigan konlari va quvurlari yaqinida ikkita yirik metan sizib chiqish holatini qayd etdi, deb xabar beradi Bloomberg nashri.

Metan – bu global isishga sezilarli taʼsir ko‘rsatadigan issiqxona gazi.

31 avgust kuni Turkmanistondan Rossiyaga gaz yetkazib beriladigan gaz konining Markaziy Osiyo-Markaz quvuri yaqinida atrof muhitga gaz sizib chiqayotganligi qayd etilgan bo‘lib, dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra atmosferaga soatiga taxminan 172 tonna metan ajralib chiqqan.

Xuddi shu kuni sunʼiy yo‘ldosh Xitoyga gaz yetkazib beriladigan kon yaqinida soatiga 50 tonna metan chiqindilarining yana bir manbasini qayd etilgan.

Metan chiqindilarining oqimi qancha davom etgani aniqlanmagan. Nashrning yozishicha, bunday gazni bir soatdagi hajmi Buyuk Britaniyada 11 ming avtomobil yil davomida chiqargan gazga teng.

“Turkmengaz” davlat kompaniyasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi zararli gaz sizib chiqishi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan. Shuningdek, Turkmanistondan XXRga eksport qilinadigan gaz manbai bo‘lgan Galkinish konini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Xitoyning CNPC kompaniyasiga yuborilgan yozma so‘rov ham javob berilmagan.

Maʼlum qilinishicha, Turkmaniston ishlab chiqarilgan energiyaning issiqxona gazlari chiqindilari bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Vaziyat faqat Liviya va Venesuelada yomonroq.

Taʼkidlanishicha, Turkmanistonda issiqxona gazlarining oqimi muntazam ravishda ro‘y beradi.

2021 yil fevral oyida Kanadadagi GHGSat Inc. so sunʼiy yo‘ldoshdan Turkmanistonda metan chiqindilarining sakkiz manbasi topilgan edi, ulardan atmosferaga soatiga 10 tonna gaz tushishi aniqlangandi.

2020 yil noyabr oyida xuddi shu kompaniya Korpaj konida gaz oqimini kuzatgan.

GHGSat Inc. so kompaniyaning Turkmaniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi yo‘qligini, bu orqali ular zararli gazlarni chiqarilishi haqida turkman tomonini zudlik bilan xabardor qilishlarini aytgan, lekin Kanada hukumati orqali bog‘lanishga urinishlar ham muvaffaqiyatsiz bo‘lganligi maʼlum qilingan.

Turkmaniston iqlim o‘zgarishi milliy strategiyasini qabul qilganligini alohida taʼkidlash zarur, mazkur majburiyat tufayli, mamlakat hukumati iqlimga salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini ko‘rishga majbur.

Shu yilning 1 sentyabrida Buyuk Britaniyaning Turkmanistondagi elchixonasi mamlakat maktablariga iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan 7000 dan ziyod kitoblarni turkman va ingliz tillarida sovg‘a qilgan edi.