Berdimuhammedovga “Jasur turkman” medali berildi

Mustaqillikning 30 yilligi sharafiga, Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov Xavfsizlik Kengashi aʼzolariga davlat mukofotlarini topshirgan.

Ammo, bundan oldin, majlis raisi Gulshat Mammedova parlament davlat rahbarini Turkmanistonning “Türkmen edermen” (“Jasur turkman”) medali bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilganini aytgan.

Taqdirlash haqidagi xabarda aytilishicha, “oliy qo‘mondonning misli ko‘rilmagan saʼy -harakatlari natijasida milliy qurolli kuchlar ixtiyorida zamonaviy harbiy samolyotlar, vertolyotlar va boshqa harbiy texnikalarga doimiy ravishda egalik qilib kelmoqda”.

Shuningdek xabarda, “prezident harbiy texnikani, shu jumladan o‘ta murakkab harbiy samolyotlarni boshqarishda mukammal qobiliyat, yuqori mahorat va jasorat namunasini namoyish etmoqda”, deb taʼkidlanadi.

Medal va “Türkmen edermen” (“Jasur turkman”) unvoni 2019 yil dekabr oyida taʼsis etilgan. Bu medal davlat mukofoti bo‘lib, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlatni himoya qilishda, qonun ustuvorligini va qonuniylikni taʼminlashda, ayniqsa muhim va murakkab topshiriqlarni bajarishda, shuningdek alohida xizmatlari uchun belgilangan. Medal oluvchilarga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida bir martalik mukofot ham to‘lanadi.