O‘zbekistonda yoshlar uchun ilk “Agro marafon” o‘tkazildi

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning yetakchi sohalariga aylangan fermerlik sohasi bugungi kunda davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Bu boradagi ishlar samarasini yana-da oshirish maqsadida O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi tuzilganligi esa yoshlarga mazkur sohaga oid masalalarning hamisha eʼtiborida ekanligini namoyish etadi.

Qayd etish joizki, jamg‘arma faoliyati yoshlarning qishloq xujaligi yo‘nalishlarida o‘z tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan eng ohirgi qishloq hujaligida bilim va ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi tashabbusi bilan kelajagani o‘z qo‘li bilan yaratish istagida bo‘lgan yoshlar uchun Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan AKIZ agroxizmatlar markazida O‘zbekistonda ilk marotaba “Agro marafon” tashkil etildi. Loyiha doirasida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or fermerlar o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni jalb etish, jahon bozoriga chiqish uchun kerakli tavsiyalarni oldilar. Jarayon davomida yosh agrotadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligida o‘z faoliyatlarini boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

Yoshlar hamisha atrofidagi tengdoshlarining harakatini ko‘rgach, nimagadir erishishga va aynan ulardan maslahat olishga harakat qiladi. Agrobiznesda ham xuddi shunday. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan “Agro marafon” bu uchun ham imkoniyatlar eshigini ochdi.