IShID Tolibonga Afg‘onistonni bo‘lib olishni taklif qilgan(mi?)

Bir qator afg‘onistonlik ekspertlar: ISHIDning Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati va uning poytaxti Jaloloboddagi hozirgi faolligini IShIDning loyihasiga ko‘ra, ushbu viloyatni mintaqadagi xalifalik yig‘ilish nuqtasiga aylantirish niyati bilan izohlamoqda.

Mazkur ekspertlarning fikricha, IShID Tolibonga Nangarhorni tark etib, viloyatni IShIDga topshirish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini taʼkidlagan.

Yaʼni, Afg‘onistonni IShID va Tolibon o‘rtasida o‘ziga xos bo‘lib olish taklif etilgan.

Hozircha Tolibon bu taklifni rad etgan.

Bunga javoban IShID Jalolobod va mamlakatning boshqa shaharlarida terrorchilik faoliyatini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

“Ular hududni nazorat qilish uchun bir-biri bilan kurashmoqda, bu esa Nangarhor va Afg‘onistonning boshqa shaharlarida nishonga olingan qotilliklar sonining keskin ortishiga olib kelmoqda”, deb xulosa qiladi afg‘on kuzatuvchilari.