Qirg‘izistonda sudlangan mansabdor shaxslarning davlat xizmatiga qaytishini taqiqlashni taklif qilinmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Korrupsiya” va “Mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish” moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarni davlat va kommunal xizmatga qabul qilishni taqiqlash zarur. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi ishbilarmonlar kengashi rahbari Nuripa Mukanova maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mansabdor shaxslar sudlanganlik muddati o‘tgan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan taqdirda ham davlat lavozimiga qaytmasligi kerak, chunki ular tergov bilan bitim tuzib, korrupsiya jinoyatlari natijasida yetkazilgan zarar miqdorini davlat daromadiga to‘lagan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishbilarmonlar kengashi rahbari mansabdor shaxslar uchun poligraf (yolg‘on detektori)da psixologik test va diagnostika o‘tkazishni taklif qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat xizmatiga nomzodning korrupsiya vasvasalariga chidamliligini aniqlash uchun zarur.
P.S. bu taklifni bildirayotgan Korrupsiyaga qarshi ishbilarmonlar kengashi rahbarini o‘zidan katta rahbari (S.Japarov) sudlanganligidan xabari bo‘lsa kerak a?