Oxirgi 12 oy ichida turk lirasi AQSH dollariga nisbatan deyarli 35 foizga qadrsizlandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hokimiyatda bo‘lganida bozorlarni mahalliy valyutani qo‘llab-quvvatlashga undaydigan bayonotlar berish o‘rniga, foiz stavkalarini oshirishga qarshi chiqishni to‘xtatmasligini taʼkidladi.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi 12 oy ichida kartoshka, pomidor, salat kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi 62% dan 70% gacha ko‘tarilgan. Tovuq go‘shti 68 foizga, tuxum 47 foizga, kungaboqar yog‘i 41 foizga, makaron mahsulotlari 40 foizga, sut va yogurt 37 foizga qimmatlashgan.