Erdog‘anni mafiyada ayblab tayyorlangan video Turkiya aholisini junbushga keltirmoqda

Sedat Peker tomonidan joylashtirilgan yettinchi video Turkiyada katta rezonans berdi. O‘tgan oyda joylashtirilgan video faqatgina uning YouTube -dagi kanalida 14 milliondan ziyod tomosha qilingan.

Mamlakatning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) tomonidan nazorat qilinadigan giyohvand moddalarni yetkazib berishning yangi yo‘nalishini eʼlon qilib, Peker, ATP aʼzosi va sobiq bosh vazir Binali Yildirimning o‘g‘li Erkam Yildirim hamda sobiq ichki ishlar vaziri Mehmet Agar va hozirgi ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni kokain biznesiga aloqadarligini aytgan.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili 4,9 tonna kokain ushlangandan so‘ng, transportirovka Kolumbiyadan Venesuelaga ko‘chirilgan. Unga ko‘ra, Erkam Yildirim shaxsan o‘zi yangi marshrutni belgilashni tashkil qilgan va u ikki marotaba Venesuelaga borgan. Peker tomonidan videoda ko‘rsatilgan davrda kichik Yildirim haqiqatan ham Venesuelada bo‘lgan. Pekkerning bayonotlari davomida, 1990 yillarda o‘sha davr ichki ishlar vaziri Mehmet Agar 1978 yilda Turkiya qurolli kuchlari maxsus operatsiyalar boshqarmasida maxsus kuchlar qo‘mondoni bo‘lgan Korkut Eken bilan hamkorlik qilgan va 1982 yilda u maxsus o‘qitilgan 40 kishilik qutqaruv otryadiga rahbarlik qilgan.

Taxminan bir yil oldin Turkiyani tark etishga majbur bo‘lgan jinoiy guruh rahbari Turkiya hukumati va yuqori martabali davlat arboblari davlatning mafiyasi va tuzilmalari bilan aloqadorligini daʼvo qilmoqda.

Bunday bayonotlar Prezident Rajab Erdo‘g‘an va uning partiyasi reytingining pasayishiga sabab bo‘lishi aniq.

Peker: “Vaziyat yana-da yomonlashishiga ishonaman. Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu isteʼfoga chiqishga majbur bo‘ladi. Sobiq ichki ishlar vaziri Mehmet Agar mamlakatni tark etishi mumkin”. Barcha ekspertlarning fikricha, millionlab izohlar qoldirilgan ushbu bayonotlar Erdog‘anning obro‘siga putur yetkazmoqda. Erdo‘g‘anning yaqin do‘sti, sobiq bosh vazir Yildirim uni himoya qilish uchun allaqachon bayonotlar bergan. Peker sobiq ichki ishlar vaziri Agarni Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda ayblanib sudlangan va ozod qilingan Пальмали Ҳолдинг egasi Mubariz Mansimov-Gurbanog‘liga qarshi fitna uyushtirishda, shuningdek Mansimovdan “Yalikavak Marina”ni tortib olishda ayblamoqda.

Peker, shuningdek, Ichki ishlar vaziri Soylu korrupsiyaga sherik bo‘lganini, u “tezkor guruh” deb nomlagan guruh tomonidan hukumat amaldorlari va ishbilarmonlarga qarshi “asossiz tekshiruvlarni olib borgani” bilan izohlamoqda. U bu harakatlar uchun Peker va uning jamoasidan foydalanganliklarini tan oladi. Pekkerning videolari ushbu “tizim”ni ichidan ochib bermoqda, deyilmoqda xabarda.

Pekerning avvalgi faoliyati to‘g‘risida iqrori orqali turkiyaning amaldagi hukumatida, mafiyaning siyosiylashuvini emas balki,  siyosat mafiya xususiyatlariga ega bo‘lib borishini kuzatish mumkin. Hukumat yaratgan “ideallar” yoshlarni “muqaddas davlat” manfaatlari uchun ishlatgan, biroz vaqt o‘tgach keraksiz matohdek uloqtirilib yuborilgan. Yoshlarning kuchlari qurolga aylantirilib, o‘zlarining siyosiy va moliyaviy maqsadlarida foydalanilgan.

Natijada, ular o‘zlariga ham, mamlakatga ham zarar yetkazdilar.