Si Szinpin dinni “xitoylashtirish” zarurligini aytmoqda

Xitoy Xalq Respublikasi raisi mamlakatda dinni “xitoylashtirish” zarurati va diniy faoliyatni mamlakat Kommunistik partiyasi atrofida jamlash muhimligi haqida gapirdi.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin mamlakatda dinni “xitoylashtirish” zarurligi va diniy faoliyatni mamlakat Kommunistik partiyasi atrofiga qaratish muhimligi haqida gapirdi, deb yozadi South China Morning Post.

“Xitoy dinni sindirish yo‘lidan borishi, shuningdek, dindorlar va ruhoniylarni partiya va hukumat atrofida markazlashtirishga intilishi kerak”, dedi Si Szinpin din bo‘yicha davlat anjumanida.

“Diniy faoliyat qonun doirasida amalga oshirilishi, fuqarolar farovonligiga zarar yetkazmasligi, jamoat tartibi va axloq normalarini buzmasligi, taʼlim, sud va maʼmuriy masalalarga yoki jamiyat hayotiga aralashmasligi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, din vakillari “o‘z-o‘zini tarbiyalashi va jamiyatni diqqatlik bilan kuzatishi kerak”. Si Szinpin, shuningdek, Xitoy, Xitoy xalqi, Xitoy Kommunistik partiyasi va Xitoy xususiyatlariga ega sotsializm bilan diniy aloqalarni mustahkamlash muhimligini bildiridi.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi “din va diniy masalalar bo‘yicha marksistik qarashlarga ega bo‘lgan” va shu bilan birga turli diniy oqimlar vakillari bilan ishlash uchun yetarli darajada malakali partiya va hukumat amaldorlaridan iborat jamoalarni tayyorlash zarurligini eʼlon qildi.

Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning eʼtiqod erkinligi huquqini kafolatlaydi, ammo ko‘plab guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, mamlakatda Islom va musulmonlarga qarshi kampaniya olib borilmoqda.

Noyabr oyi oxirida nemis xitoyshunosi Adrian Sentz “Shinjon hujjatlari” hisobotini eʼlon qildi, unda Xitoy hukumatining Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi uyg‘urlar va boshqa ozchiliklarga nisbatan repressiyalari bilan Xitoy rahbariyatining 2014 yildagi chiqishlari o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi. Xususan, Sentz Xitoy rasmiylarining uyg‘urlarning tug‘ilish darajasini nazorat qilish, ularni mehnatga majburlash va ularning “kasal fikrlash”larini davolashga chaqiriqlarini keltirib o‘tdi. Nashr etilganlar orasida Si Szinpinning mavzuga oida uchta nutqi bor edi.