Markaziy Osiyoni Si va Putinning onasi tug‘magan

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Si-Putin sammitida ikki diktatorning Markaziy Osiyoning o‘z taqdirini o‘zi belgilashiga nisbatan nafrati yaqqol namoyon bo‘lgan.

20-22 mart kunlari Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Moskvaga tashrifi ortidan eʼlon qilingan Rossiya va Xitoyning “Markaziy Osiyo kun tartibini” belgilovchi qo‘shma hujjatining diktatorlik ohangi mintaqada norozilik uyg‘otgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining G‘arbga munosabatining iliqlashuvidan norozi bo‘lgan Moskva va Pekin bu davlatlar kim bilan do‘st bo‘lish-bo‘lmasligini nazorat qilishga urinar ekan, mintaqadagi OAV tanqidiga uchragan bayonotni eʼlon qilishgan.

Si va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi sammitida “Markaziy Osiyo kun tartibi” muhokama qilinib, Kreml saytida to‘liq chop etilgan qo‘shma bayonot – to‘qqiz qismdan iborat uzun hujjat eʼlon qilingan.

“Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti va milliy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor hamda «rangli inqiloblarni” import qilish urinishi va mintaqa ishlariga tashqi aralashuvni qabul qilmaydi», deyiladi bayonotda.

Rangli inqiloblar Ukraina, Gruziya va Qirg‘iziston kabi sobiq sovet respublikalarida hukumatlarni ag‘dargan xalq harakatlaridir. Putin hech qachon bunday inqiloblar rus xalqiga g‘oyalar berishini istamagan.

Hujjatda shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) mintaqa xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashga qo‘shayotgan «ijobiy hissasi» qayd etilgan.

KXSHTga Markaziy Osiyodagi besh respublikadan uchtasi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi.

O‘zbekiston tashkilotga 1992 yilda tashkil etilgan payt qo‘shilgan, 1999 yilda KXSHTdan chiqqan va 2006-2012 yillar davomida qayta aʼzo bo‘lgan.

Markaziy Osiyo o‘zi hal qiladi

Rossiya va Xitoyning qo‘shma bayonoti ijtimoiy tarmoqlar va O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida g‘azabnok reaksiya keltirib chiqargan.

Gazeta.uz saytida Si Szinpinning Rossiyaga tashrifi haqidagi maqola ostida izoh qoldirgan Dilshod Xolmuhamedov “Balki nima qilish kerakligini Markaziy Osiyoning o‘zi hal qilar?” deb kinoyaomuz fikr bildirgan.

O‘quvchi Yevgeniy Mo‘minovaning yozganlari ham istehzoli: “Albatta, Markaziy Osiyo u yerda yashaydiganlarniki emas, ularniki-ku”.

Markaziy osiyo davlatlari rangli inqiloblarni import qilishi mumkin emasligi haqida gapirish bilan Putin va Sining o‘zi mintaqaning ichki ishlariga aralashishini ko‘rsatdi, deydi Londonda joylashgan Central Asia Due Diligence markazi direktori Alisher Ilhomov.

“Aftidan, qayerdadir inqilob yuz bersa, ular buni G‘arb eksport qilgan deb hisoblasa kerak”, deydi Ilhomov.

“Bu bayonot ularning o‘z mamlakatlaridagi g‘alayonlardan qo‘rqishini ochib berdi, xolos”, dedi u.

Rangli inqiloblar haqidagi ritorika katta ehtimol bilan Putindan kelib chiqqan, Si Szinpin esa shunchaki Rossiya rahbarining xavotirlarini takrorladi, dedi u.

Bu bayonot AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning yaqinda Ostona va Toshkentga tashrifi chog‘ida Qozog‘iston va O‘zbekistonni Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi tranzit zonasi sifatida xizmat qilmaslik haqidagi ogohlantiruviga munosabat deb ko‘rilishi mumkin.

G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2022 yil fevralda Ukrainaga bosqindan keyin kiritgan edi.

Yevrosiyo jandarmlari

Mintaqadagi demokratik jarayonlar zolim hukmdorlar tomonidan tashqi yordam orqali bostirilishi mumkin, deydi Olmaotada joylashgan “Ozodlik” nodavlat tashkiloti prezidenti Galim Ageleuov.

“Markaziy Osiyoning alohida va mustaqil rivojlanishi uchun makon endi qisqaradi. Si va Putin xayolan Markaziy Osiyoni geosiyosiy jihatdan o‘zaro bo‘lib olmoqda” deb fikr bildirdi u.

“Markaziy Osiyoda rangli inqiloblarning bostirilishi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va KXSHT mintaqani nazorat qilish uchun tuzilganini anglatadi”.

“Xitoy va Rossiya mahalliy avtoritar liderlar va hukmron elitani boshqaradigan ikki mintaqaviy jandarmdir», dedi u. Demokratik kuchlar ularga qarshi muvozanat sifatida birlashishi va ularning nazoratidan xalos bo‘lishga urinib ko‘rishi kerak”.

Bu ichki va tashqi omillar, jumladan urushda Ukraina g‘alabasi va Putin Rossiyasining mag‘lubiyati, qo‘shnichilikdagi umumiy siyosatlarning amal qilishi va bir vaqtning o‘zida Rossiya va Xitoyning siyosiy, iqtisodiy taʼsirini bir vaqtning o‘zida cheklash yordamida amalga oshiriladi, deb aytgan.

“Biz mamlakatlarning demokratlashuviga, siyosiy va iqtisodiy modernizatsiyalashuviga intilishimiz kerak, bunda tez va ijobiy o‘zgarishlar asosiy maqsad bo‘lishi kerak”, deb aytgan Ageleulov.

“Aks holda, mintaqa tobora Rossiya va Xitoyga qaram bo‘lib boradi”

Hozircha Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining zaif, qaram bo‘lgan yo‘ldosh davlatlar bo‘lib qolishini istaydi, bu davlatchilikning yo‘qotilishiga yoki ularning «muvaffaqiyatsiz davlatga» aylanishiga olib keladi, deb aytgan Ageleulov.

“Ayni damda biz ko‘p vektorli tashqi siyosat himoyasidamiz va davlatchilik kuchaygani sari Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil va o‘zini-o‘zi taʼminlaydigan siyosatga o‘ta oladi”, deb aytgan u”.

Rossiya chiqib ketmoqda, Xitoy kelmoqda

“Xitoy uchun eng muhim va asosiy masala Markaziy Osiyo hisoblanadi”, deb aytgan «Xalqaro siyosat va iqtisodiyot bo‘yicha kosalting» tadqiqot idorasi prezidenti, Kanadaning Vankuver shahridan Fikret Shabanov.

“Xitoy siyosati hech bo‘lmaganda mintaqadagi siyosiy status-kvoni saqlab qolishga qaratilgan”.

Bu Xitoyning “mintaqadagi davlatlarda o‘z milliy xavfsizligini taʼminlash uchun siyosiy, iqtisodiy, kelajakda hatto harbiy taʼsirini kuchaytirishni” nazarda tutadi, deydi Shabanov.

Markaziy Osiyo Pekin uchun iqtisodiy rivojlanish surʼatlarini saqlab qolish va mintaqaviy energetika resurslaridan foydalanishda asosiy eʼtibor bo‘lib, uning iqtisodiy, energetika va logistika taqdiri ham shu yerda hal qilinmoqda.

Pekinning siyosati mintaqadagi davlatlarni muvozanatli tashqi siyosat va xorijiy savdodan mahrum qilish tizimini yaratishga qaratilgan, deydi Shabanov.

Bu strategiya davlatlarni faqat Xitoy manfaatlari uchun xizmat qildirishdir, dedi u.

“Hozirgi bosqichda Rossiya Markaziy Osiyodan chiqib ketayotgan imperiya bo‘lsa, undagi xorijiy taʼsir vakuumini Xitoy to‘ldiradi”, deydi Shabanov.

Manba: Karvonsaroy