Biz ajoyib zamonda yashayapmiz – kelayotgan kelajak davrida. Agar u (kelajak) allaqachon kelgan mamlakatlarga nazar tashlasangiz, qanday bo‘lishini tushunish qiyin emas. Ammo biz har tomonlama yorug‘ kelajakdan voz kechsak nima bo‘ladi? Ushbu post mening shaxsiy fikrimni o‘z ichiga oladi, bu borada sharhlarda bahslar bo‘lsa – men esa muhokamaga tayyorman.
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirmasa, O‘zbekistonning ahvoli nima bo‘ladi?
• tovarlar importi o‘zgarmay avvalgi darajada qoladi, xomashyo eksporti esa qisqaradi – chunki mamlakat ishlab chiqarish salohiyati kuchayadi va o‘sadi, bu jarayonda esa yangi xom ashyoga ehtiyoj paydo bo‘ladi;
• iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: neft qazib olish, telekommunikatsiya, energetika, kimyo sanoati, yuk tashish davlat nazorati ostida qoladi va Qozog‘istonda bo‘lgani kabi Rossiya kompaniyalari nazoratiga o‘tib ketmaydi;
• davlat tomonidan kuchli turtki berilgan oltin qazib olish va zargarlik sanoati yana-da rivojlanadi;
• ichki bozorni himoya qilish kichik va o‘rta biznesning o‘sishiga olib keladi;
• mamlakat uchun anʼanaviy ravishda kuchli bo‘lgan tarmoqlar o‘sish va rivojlanishda davom etadi – ayniqsa, Xitoy bilan yaqindan hamkorlik qiladigan to‘qimachilik sanoati sohasi;
• Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining texnik reglamentlari bilan cheklanmagan mahalliy ishlab chiqarish O‘zbekiston bozoriga sifatli mahsulotlar yetkazib beradi;
• Bizda turk lirasidan farqli o‘laroq raqobatdosh va barqaror bo‘lgan valyutamiz (so‘m) qoladi. YEOIIga aʼzo davlatlarning barchasining valyutasi AQSH va Yevropaning barcha zarbalarini boshdan kechirayotgan rublga bog‘langan.
Faqatgina mamlakat ichidan tartibga solinadigan milliy iqtisodiyot O‘zbekistonning yo‘qotib bo‘lmaydigan xususiyatidir. Ha, biz boy va kuchli Rossiya bilan iqtisodiy ittifoq tuzamiz, ammo yo‘qotishlar evaziga iqtisodni nazorat qilish yo‘llari xalqni qashshoqlashtiradi va mamlakatni jahon sahnasidagi boshqa kattaroq o‘yinchilarning fikriga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Bunday ittifoqning narxi qimmatlik qilmaydimi? Jahon iqtisodiy hamjamiyatiga izsiz integratsiyalashuv har doim ham foydali kechmaydi va bu strategiya, mening fikrimcha, O‘zbekiston uchun mos emas.
Sizningcha, mamlakatimiz taraqqiyotining qaysi yo‘lini tanlashimiz kerak?
Muallif: Nikto