Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonning YEOII davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qatʼiy intilishini yana bir bor tasdiqlayman”, — deyilgan nutq davomida.
Unga ko‘ra, respublikaning tashkilotga aʼzo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 11 oyida 30 foizga, pandemiyadan oldingi 2019 yilga nisbatan esa 11 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.