Xitoy ommaviy axborot vositalari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yillik yirik matbuot anjumanini yuqori baholab, Rossiya rahbarining XXR va NATOning sharqqa tomon kengayishi haqidagi so‘zlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Global Timesning taʼkidlashicha, xuddi shunday muammoga duch kelayotgan Xitoy ham Moskva kabi qatʼiy bo‘lishi kerak. “Ko‘pchilik xitoyliklar Putinning Rossiya milliy manfaatlarini himoya qilishdagi jasoratiga qoyil qolishadi”, deyiladi matbuot anjumani haqidagi maqolada.
Global Times Putinning Xitoy haqidagi so‘zlariga ham alohida eʼtibor qaratdi: “Putin Rossiya-Xitoy hamkorligini yuqori baholadi va G‘arbga Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar naqadar buzilmas ekanligini ko‘rsatdi”.