Erdo‘g‘an Stalin izidan boradimi?

Barcha yangi narsa yaxshi unutilgan eskilikdir. Hozir ko‘plab davlatlar iqtisodiy qaramlikdan qutulishga, dollardan forig‘ bo‘lishga harakat qilmoqda. Ular murakkab muzokaralar olib bormoqda, turli usullarni ko‘rib chiqmoqda, ko‘p qirrali yurishlarni amalga oshirmoqchi … Aslida, barchasi ixtiro qilib bo‘lingan – faqat yaqin o‘tmishga murojaat qilish kerak.

Stalin o‘zining qatag‘onlari va ikkinchi jahon urushdagi qatʼiy pozitsiyasi bilan mashhur. Ammo kam sonli insonlar u iqtisodiy islohotlarni qanday dadillik bilan amalga oshirganini eslaydilar, buning natijasida SSSR g‘alaba qozongan barcha mamlakatlar ichida urush oqibatlaridan eng tez yengib o‘tgan mamlakatga aylandi. 1945 yilda Stalin Bretton-Vuds bitimini imzolashdan bosh tortdi, unga ko‘ra Amerika dollari oltin bilan bir qatorda jahon valyutasi sifatida tan olindi va milliy valyutalarning kursi AQSH puliga bog‘landi. 44 davlat Amerikaga moliyaviy qaramligini tan olib, ushbu hujjatni imzoladi.

Ammo Stalin boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi – u valyuta kursini oltin standartiga bog‘lab, mamlakatdagi pul massasining umumiy hajmini qisqartirib, pul islohotini o‘tkazdi. Bu yo‘lda u maʼlum miqdorda chayqovchilar mablag‘laridan foyda oldi, lekin islohotlar oddiy ishchilarning ahvoliga salbiy taʼsir qilmadi. Dollardan voz kechgan Stalin moliyaviy tizimni kataklizmlar va ijtimoiy tartibsizliklarsiz davolay oldi. To‘g‘ri, uning barcha yutuqlari Xrushev tomonidan olib borilgan siyosat tufayli yo‘qqa chiqdi. Stalindan so‘ng iqtidorga kelgan rahbar vaqtida rublning oltinga bo‘lgan qiymati yo‘qoldi va mamlakat valyutasi dollarga bo‘ysunishni boshladi. Ammo bu boshqa hikoya …

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ham dollarga shunday munosabatda bo‘ldi. U ham davlat moliya tizimining mustaqilligini birinchi o‘ringa qo‘ydi, shu sabab uzoq vaqt davomida so‘m AQSH dollariga bog‘lanmadi. Mamlakatda dollarni sotib olish va sotish imkoniyati deyarli mavjud bo‘lmadi – erkin konvertatsiya qilish juda og‘ir, faqat qora bozor ishlagan – chayqovchilar esa qonun bilan javobgarlikka tortilgan. Shu vaqt davomida mamlakatda bir vaqtning o‘zida uchta valyuta kursi – Markaziy bank kursi, naqd bo‘lmagan valyuta kursi va qora bozor (ko‘cha) kursi mavjud bo‘lib, ular deyarli ikki baravar farq qilar edi! Ha, O‘zbekiston moliya tizimi erkinlik va samaradorlikdan yiroq edi – lekin aynan shu vaziyat tufayli 2008-2009 yillardagi global inqiroz mamlakatga iqtisodiga taʼsir qilmadi! Barchasi dollarga qaramlikning yo‘qligi tufayli.

Endi yana bir davlat dollardan voz kechish va to‘liq moliyaviy mustaqillikka erishish arafasida turibdi – Turkiya. Demak, Erdo‘g‘on g‘ildirakni qayta ixtiro qilmasdan, dollardan voz kechish va shu orqali global zarbalardan qochish bo‘yicha avvalgi yetakchilarning Amerika moliyaviy bo‘yinturug‘idan qutulishning allaqachon maʼlum bo‘lgan yo‘liga murojaat qilishi kerakdir? Umid qilamizki, Erdo‘g‘onning rejasi Stalinning moliyaviy sog‘lomlashtirish usulidan kam bo‘lmagan holda samarali bo‘ladi.

Sizningcha, dollardan voz kechishning eng og‘riqsiz yo‘li qanday?

Muallif: Nikto