Agro Transformatsiya loyihasining navbatdagi manzili Sirdaryo viloyati

Qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng “AgroTransformatsiya” loyihasi o’z safarini Sirdaryo viloyatida davom ettiradi.

Loyiha doirasida soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilinadi.

Maqsadimiz tuman yoshlari bilan agrar sohasidagi professionallarimizni uchrashtirib, ularga qishloq xoʻjaligining zamonaviy bilimlarini yetkazish

Mahorat darslari o‘tkaziladigan manzillar rasmda keltirilgan

Sirdaryolik yoshlar Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz?

Unda biznes g’oyangizni hozirlab, seminar-treninglarda qatnashing!