2000-yili Toshkent Moliya institutini bakalavr va 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Aniq, lo’nda va keskin, o‘yindan tashqari fikrlar egasi. the_bakiroo telegram kanali muallifi, iqtisodchi/bloger.
Jahon bozorida oltin narxini tushib ketishi mamlakatimiz zaxiralar qoldig‘ini kamaytirgan.
Fevral oyi davomida xalqaro zaxiralarimiz qariyb 2 mlrd dollarga qisqargan va 34,0 mlrd.dollarni tashkil etgan.
Zaxiralarning valyuta qismi 1 243,1 mln dollarga kamaygan. 1 mart holatiga valyuta ko‘rinishidagi zaxiralarimiz qoldig‘i 10 071.1 mln dollardan iborat.
Oy oxirida oltinning arzonlashuvi zaxiralarning oltin ko‘rinishidagi qismini 716,6 mln dollarga, 22 839,8 mln dollargacha qisqartirgan. Oltinning fizik hajmi 200 ming unsiyaga, 12,6 mln unsiyagacha ko‘paygan. Demak, fevral maksimumlarida o‘rtacha oylik ishlab chiqarish hajmidan kamroq bo‘lgan oltin sotilgan bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida zaxiralarimizning asosiy qismini tashkil qiluvchi oltinning yanvardagi yuqori narxlari zaxiralar qoldig‘ini o‘tgan davrdagi tarixiy maksimumgacha 35 941,9 mln. dollargacha ko‘targandi.
Oltin narxlari fevralning dastlabki kunlarida ham juda yuqori bo‘lib 1 960 dollargacha ko‘tarilgan. Ayni damda 1 819 dollargacha arzonlagan.
