O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari qisqarishni davom etmoqda

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari yanvar va fevral oylarida 2,37 milliard dollarga kamaygan holda 32,19 milliard dollarni tashkil qildi.

Xorijiy valyuta zaxiralari yanvarda $1,44 mlrdga, fevralda esa $381,5 mlnga pasayib, $7,55 mlrdni tashkil etgan.

Bu o‘tgan yil sentyabridan beri eng kam ko‘rsatkichdir.

Oltin zaxiralari yanvar oyida $293,7 mlnga oshganiga qaramay, fevralda $829,1 mlnga pasaydi.

Zaxiralarning oltin qismi dinamikasi fevral oyida kamida 600 ming unsiya (17 tonna atrofida) oltin sotilgan bo‘lishi mumkinligiga ishora beradi.

Fevral oyi kotirovkalarida bu 1,2 mlrd.dollardan kam emas. Lekin bu miqdor zaxiralarning valyuta qismining ko‘payishida aks etmagan.

Qaytanga zaxiralarning valyuta qismi 381,5 mln.dollarga 7 549,6 mln.dollargacha qisqargan.

Xalqaro zaxiralar dinamikasiga u yoki bu ko‘rinishda baho berish uchun bu maʼlumotlar yetarli emas. Zaxiralar bilan eng ko‘p oldi berdida bo‘ladigan FRRUning likvid aktivlari qoldiqlari va uning byudjet bilan munosabatlari o‘zgarishi ayrim savollarga javob bergan bo‘lardi (Qozog‘istonda Xalqaro zaxiralar va suveren Milliy fond maʼlumotlari birga taqdim etiladi)

Afsuski, FRRUning hattoki choraklik hisobotlari 2022 yildayoq yopib qo‘yilgan. Maʼlumot va hisobotlarning yashirilishi bu o‘zbek chinovniklari yo‘l qo‘yayotgan xatolarning ham yashirilishidir.

Markaziy Bank tomonidan izohlanishicha, Xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega bo‘lib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Shuningdek, mazkur dinamikaga 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren Yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham taʼsir ko‘rsatgan.        

Oltinning hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. Mablag‘lar hisobidan 500 mln dollarlik yevrobondlar so‘ndirilgan

2024 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 34 milliard 564,7 million dollarni tashkil etgan edi.