COVID-19dan so‘ng Markaziy Osiyodagi tibbiyot sohasi

 “Bepul tibbiyot” tushunchasi faqat miyamizga o‘rnashib qolgan

Markaziy Osiyo mamlakatlari jamiyatlari, iqtisodiyoti va madaniyatidagi chuqur, ammo har doim ham tushunarli bo‘lmagan o‘zgarishlar muhokama qilinadigan va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokidagi suhbatlar podkast shaklida taqdim etilib boriladigan “PostSovetiston” loyihasida “COVIDdan so‘ng” deb nomlangan foydali suhbat bo‘libdi. Mazkur podkast pandemiya davrida Markaziy Osiyo davlatlarida orttirilgan tajriba va mintaqa mamlakatlarining sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar muhokamasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ayrim qismlarini tahririyatimiz o‘quvchilariga taqdim etishni foydali deb topdik. Suhbatda qozog‘istonlik, qirg‘izistonlik va tojikistonlik bir necha faol va tibbiyot xodimi ishtirok etgan. Ular COVID-19 ga qarshi kurashda orttirgan tajribasi haqida hikoya qilish bilan birga sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

Suhbat 3ta mavzuda bo‘lib o‘tgan bo‘lib,

1-mavzu: pandemiya davrida aholining COVID-19 to‘g‘risidagi maʼlumotlardan xabardorlik darajasini oshirishda axborot taqchilligi bo‘lib o‘tganligi va bo‘shliqni, qozog‘istonlik, qirg‘izistonlik va tojikistonlik ishtirokchilar tomonidan maʼlumot berilishicha, hukumat yetarli darajada to‘ldira olmagan va ishlarni to‘g‘ri tashkil eta olmaganligi aytib o‘tilgan.

2-mavzu:  tibbiyotni raqamlashtirish va sug‘urta qilish masalalari ko‘rib chiqilgan va ishtirokchilarning fikrlari eshitilgan unga ko‘ra: qirg‘izistonlik vakil tomonidan “Sug‘urta vositalari bor joyda davlatning qo‘lida yig‘ilgan pul paydo bo‘ladi, u o‘sha pulni ishlatishi, shaxsiy mulk egalari qo‘liga berishi, o‘zi ham sarflashi mumkin, lekin bu – ikkinchi darajali masala. Muhimi, sug‘urta sharofati bilan pul yig‘ish imkoniyati paydo bo‘ladi va ushbu pul yordamida qandaydir islohotlarni o‘tkazish mumkin.” – Siz inson salomatligi uchun oldindan pul to‘laydi, deb aytyapsiz, umuman olganda, sobiq sovet mamlakatlari aholisi, maktab taʼlimi bilan tibbiyot – ijtimoiy neʼmat, u har bir vatandoshga kafolatlanishi kerak deb o‘ylashga o‘rganib qolgan. Siz unaqa deb hisoblamaysizmi? – Bizda bepul tibbiyot davlat tibbiy muassasalaridagi pullik baxilalardan, pullik muassasalarda esa, aksincha, bepul baxilalalardan boshlanadi, tushunyapsizmi? Hamma balo shundaki, “bepul tibbiyot” tushunchasi faqat miyamizga o‘rnashib qolgan, lekin bunaqa qotib qolgan tushunchalarni o‘zgartirish kerak, deb hisoblayman. Nima bo‘lganda ham, Qirg‘izistonda bepul tibbiyot bor, deb aytish juda qiyin. Agar ishlayotgan bo‘lsangiz, oylik maoshingizning ijtimoiy yig‘imlar qismidan muayyan pul miqdori majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga yig‘iladi – demak, pul to‘layotibsiz. Ehtimol gap faqat sifatda, yaʼni sifatsiz, aytish mumkinki, ishonimsiz bepul tibbiyot bizga kerakmi yoki yo‘qligida bo‘lsa kerak. Har qanday holatda ham, tibbiyot pul tikish shart bo‘lgan yo‘nalishdir, busiz uni yaxshi rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalish pul talab qiladi va biz har qanday holatda ham pul to‘lashimiz shart. Gap faqat o‘sha pulni qanday sarflashda qoladi. Yaʼni biz sug‘urta tizimini joriy qilsak, davlat pul yig‘ish imkoniga ega bo‘ladi hamda o‘sha mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanilsa, Qirg‘izistonda islohotlar o‘tkazish mumkin.

Tojikistonlik vakilning fikriga ko‘ra esa: – Tibbiy sug‘urta sanoat korxonalari va odamlar ishlayotgan mamlakatlarda rivojlanadi, chunki tibbiy sug‘urtaning muayyan qismini ish beruvchi to‘laydi. Odamning ushbu sug‘urtani sotib olish uchun mablag‘i bo‘lishi kerak, puli yo‘q odam uni nimasiga sotib oladi? Men sug‘urtali tibbiyotni qo‘llab-quvvatlayman, lekin bu davlat iqtisodiyoti bilan bevosita bog‘liq narsa. Agar Tojikistondagi korxonalarning ko‘pchiligi ishlab, daromad keltirganda hamda davlat ish beruvchilar – ushbu korxonalar rahbariyatini o‘z xodimlarini sug‘urta qilishga majburlaganda edi, tibbiy sug‘urta o‘zini oqlagan bo‘lur edi, chunki odamning salomatligi, vatandoshlarning salomatligi davlatning eng katta boyligidir. Lekin bizning mamlakatda, bor-yo‘g‘i, bir necha yirik ishlab turgan korxona bor va xodimlari qo‘lida muayyan ijtimoiy paket mavjud, o‘sha korxonalar o‘z shifoxonalariga ega, o‘sha yoqqa murojaat qilishi, ish beruvchi esa ularga ko‘rsatilgan barcha tibbiy xizmatlar xarajatlarini to‘lab beradi. Lekin aholi aksariyat qismining ushbu paketni sotib olishga qurbi yetmaydi. Boshqa mamlakatlarda sug‘urta, muayyan tibbiy xizmatlar paketini odamlar o‘zi sotib oladi, lekin vatandoshlarimiz aksariyatining cho‘ntagi hatto shu paket xarajatlarini ham ko‘tara olmaydi, shuning uchun, afsuski, Tojikistonda sug‘urta tibbiyoti yo‘q. Bu yerda ochiq aytaman, bizdagi tibbiyot bepul emas, chunki muayyan tibbiy xizmatlar aholiga pul evaziga ko‘rsatiladi, xizmatlar narxlarini stendlardagi narxnomalarda ko‘rishingiz mumkin – hammasi ochiqcha. Hayot ko‘rsatkichlari bo‘yicha bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxati ham bor, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul tibbiy yordam oladi, qolgan hollarda esa ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning qandaydir qismini vatandosh, qaysidir qismini esa davlat to‘laydi. Yaʼni birgalikda moliyalashtirish amal qiladi, xarajatlarning kattaroq qismini odam o‘zi to‘laydi, qaysidir qismini esa davlat ko‘taradi. Bizda bepul tibbiyot qolmadi.

Qozog‘istonda 2020 yil boshidan majburiy sug‘urta tizimi joriy etildi. Biroq, qozog‘istonlik vakilning fikricha aholining asosiy qismi bu tizimga ishonch bildirmayapti. – Umuman olganda, davlat tibbiy sug‘urtasi bilan professional darajada shug‘ullanayotgan odamlar bor. Ushbu muammo bilan tanish odam nuqtai nazaridan nima deyishim mumkin? Bu borada umumiy fikrni emas, faqat faqat o‘z fikrimni bildirishim mumkin. Afsuski, Qozog‘iston aholisi tibbiyot shartli ravishda bepul bo‘lgan sovet tizimiga o‘rganib qolgan. Hammamiz bilamizki, mohiyatan olib qaraganda, tibbiyot bepul bo‘lishi mumkin emas, yo biz unga o‘zimizning pulimizni to‘laymiz, yo soliqlardan, yo badallardan va hokazolardan – ishqilib, baribir pul to‘laymiz. Tibbiy sug‘urta joriy qilinayotgan paytda davlat maʼrifiy, axborot bilan taʼminlash ishlarini barbod qildi. Taassufki, odamlarga o‘zining tilida nima uchun hamma narsa bepul bo‘lgan sovet tibbiyoti samarasiz bo‘lganini, nima sababdan odamlar salomatligini sug‘urta qilishi va davlatdan zarur tibbiy xizmatlar hajmini olish uchun har oy yoki har yili badal to‘lab turishi kerakligini tushuntira olishmadi. Aslida tibbiy sug‘urta uchun juda ko‘p miqdorda badal puli to‘lanadi, ushbu badallar odamlarning tibbiy tizimga bo‘lgan ko‘plab xarajatlarini qoplashi mumkin, biroq davlat korrupsiyalashgani sababli bu badallarni to‘layotgan mijozlarning haqqini qirqadi va bu pulni amaldorlarning boshqaruv apparatini moliyalashtirishga sarflaydi. Korrupsiya bilan bog‘liq yana bir katta mojaro kelib chiqdi: tibbiy sug‘urta tizimi boshlig‘i har yili xotiniga bittadan yangi avtomobil sotib olavergach, ishdan bo‘shatilib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, lekin men bunday xo‘jako‘rsinga jazolash tizimga aylanib ketgan korrupsiya muammosini hal eta olishiga ishonmayman.

3-mavzu: Risoladagi sog‘liqni saqlash tizimini qanday tasavvur qilasizlar? Deyilgan savolga ishtirokchilar tomonidan:

– Ish haqining kamligi va shifokorlik kasbining qadri tushib ketgani, u endi yordamchiga emas, xizmat ko‘rsatuvchiga aylanib qolgani, faqat isteʼmol nuqtai nazaridan munosabat qilinayotgani sababli kasbiga mehri qolmagani, o‘z ishiga professional yondashmayotgani hamda yordamga muhtoj bemordan tezroq qutulish uchun unga tezroq retsept yozib berish payida bo‘layotgani o‘zimizning sust fuqarolik pozitsiyamiz uchun to‘lovdir.

Men qozog‘istonlik va ushbu mamlakat vatandoshi sifatida qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi ish “buning menga daxli yo‘q” prinsipidan voz kechishimiz, yaʼni ushbu tizimga har bir kishini qo‘shishga erishishimiz zarur, deb bilaman. Odam salomatlik va sog‘liqni saqlash tizimi amaldorlar yoki qandaydir tor sohaga ixtisoslashgan ekspertlarga tegishli emasligini tushunib olishi muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan birinchi kalitdir. Ikkinchi kalit esa davlatning fuqarolik pozitsiyasi bor omma bilan uning tilida gaplashishga tayyor ekani va “ha, do‘stlar, bizdan juda ko‘p xato o‘tdi. Kelinglar, o‘sha xatolarni birga to‘g‘rilaymiz”, deya olishidir.

Shifokorlarning ko‘p ish haqi olishi, jamiyatdagi maqomi yuksak va hurmatga loyiq bo‘lishi uchun ham davlat bilan, ham aholi bilan gaplasha oladigan kuchli professional uyushmasi zarur. Ikkinchidan, siyosati izchil bo‘lgan davlat kerak, yaʼni tibbiy sug‘urtani joriy qilamiz, deb aytdikmi, demak, keyinchalik uning o‘rniga boshqa biror narsani tiqishtirish yoki ushbu tizimdan voz kechib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat avval bir narsani gapirib, keyin boshqa narsani qilayotganini ko‘rib turibmiz va unga ishonchimiz yo‘qolmoqda, barcha yaxshi islohotlar yoki tashabbuslarni ana shunday izchil ish tutmayotgan davlat yo‘qqa chiqarmoqda. Uchinchi tarkibiy qism kasallikni davolagandan ko‘ra oldini olish yaxshiroq ekanini tushunadigan odamlardir. Afsuski, Qozog‘istonda bu rivojlanmagan, odamlar skrininglarga, kasalliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadigan preventiv tibbiyotga ishonmaydi. Vaholonki, har 5 – 10 yilda professional tibbiy ko‘riklar o‘tkazish, ayrim kasalliklarni dastlabki bosqichida aniqlash va sifat jihat jihatidan yaxshiroq yashash ham mumkin. Buning uchun esa tibbiy nuqtai nazardan savodli aholi, kuchli prolfessional jamoat va kuchli davlat kerak. Kuchli davlat degani odamlarni qo‘rqitish, hamma narsani taqiqlash degani emas, aksincha, u bunaqa masalalarda ekspert va izchil bo‘lishi hamda o‘z amallari uchun javob berishi zarur. Men masalani taxminan shunday tushunaman.

– Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish xususida aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, shifoxonalarga ko‘p borganman, oilamizdagilarning hammasi – shifokor, endi bu kasb egalariga hurmatni oshirishimiz kerak. Biz duch kelayotgan asosiy muammo shuki – buni COVID davrida tarqalgan videolarda ham ko‘rdik – shifokorlar kechayu Kun.uz tinim bilmay ishlayapti, bemorlarning taʼbi tirriq, odamlar yaqinlari uchun qayg‘uradi va vahimaga tushib qolgan, shu bilan birga, eshikni tepib kiradi, telefonini shifokorning yuziga tirab, birdan baqira ketadi va “hammasini telefonga yozib olyapman, Feysbukka chiqaraman, hammangiz mening oldimda qarzdorsiz, chunki Gippokrat qasamini ichgansiz”, deb o‘dag‘aylay boshlaydi. Lekin ular shifokor ham odam ekanini, uning oilasi va hissiyotlari borligini, ishi borligini unutib qo‘yadi. Demoqchimanki, agar shifokorlarni ko‘proq hurmat qila boshlasak, ular yaxshiroq ishlaydigan bo‘ladi va yosh avlodning shifokorlikka havasi ortadi. Shifokorlik kasbi maqomi oshirilsa, bunday maqomga ega bo‘lishni istaganlar uni egallash harakatiga tushadi. Men tez-tez safarga chiqib turaman va turli malakatlardagi odamlar bilan gaplashaman, ular mendan nima ish qilishimni so‘raydi. Shifokorlikka o‘qiyapman desam, “O‘, shifokor bo‘lish qanday yaxshi. Ular – juda yaxshi odamlar”, deb hurmat bilan qaraydi. U yoqlarda shifokorlarga munosabat butunlay boshqacha, odamlar shifokor bo‘lishga intiladi. Men 2010 yili Ostonadagi tibbiyot universitetiga o‘qishga kirgan edim. “Oltin belgi” maktabini tugatganim uchun u yerga o‘qishga kirishim juda oson bo‘lgan. Shundan so‘ng bilsam, ko‘p odamlar u yerga qoldiq prinsipi bo‘yicha o‘qishga kirar ekan, yaʼni iqtisodchi singari qandaydir obro‘li ixtisoslar bor va juda ko‘pchilik o‘sha kasbni egallashga harakat qiladi, lekin ularning granti juda oz va o‘qishga kirish uchun har doim YENT (Yagona milliy test tizimi) ballari juda yuqori bo‘lishi kerak. Shuning uchun iqtisodiyot yo‘nalishiga o‘qishga kira olmaganlar tibbiyot universitetiga yo‘l oladi. Tibbiyot universitetiga kirish qiyin bo‘lishi shart, shifokorlar vaqti-vaqti bilan xalqaro bayonnomalarga ko‘ra, qayta attestatsiyadan o‘tib turishi, biroq bu odamlarga ahmoqona yuklama bo‘lmasligi uchun, shifokorlarning oylik maoshi ham shunga yarasha oshirib borilishi kerak, toki odamlar kunbo‘yi shifoxonada ishlab bo‘lgandan so‘ng farzandlarini boqish va ularga qishki kiyim sotib olish uchun yana qandaydir ikkinchi yoki uchinchi ishga borib ishlashim kerak, deb bosh qotirmasligi kerak. Shifokor faqat tibbiyotni, odamlarni qanday davolashni o‘ylashi lozim.