Smartfon foydalanuvchilari bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazildi

10 holatdan 9tasida odamlar telefonni qo‘llariga sababsiz olishadi.

London Iqtisodiyot va Siyosatshunoslik markazi olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, smartfon bilan o‘zaro “aloqalar”ning 89 foizini foydalanuvchilar o‘zlari boshlagan, ular sababsiz shunchaki, tekshirish uchun smartfonlarni qo‘llariga olishgan. Bu haqda ББС Невс tadqiqotga asoslanib yozmoqda.

Tadqiqotda ishtirok etgan ko‘ngillilar o‘rtacha hisobda smartfonni 64 soniya davomida ishlatishgan, yarmi esa – 23 soniya davomida qo‘llariga olishgan. Ko‘pincha ular WhatsAppga (22%) kirgan, xabarnomalarni tekshirish yoki qulflangan ekranda vaqtni ko‘rishga (17%), Instagram (16%) va Facebook (13%)ni tekshirga vaqtlarini sarflagan. Juda kamchilik elektron pochtaga (6%) va qo‘ng‘iroqlarga javob berish (1%) uchun smartfondan foydalanganlar. Smartfonni yoqish o‘rtasidagi o‘rtacha oraliq 291 soniyani tashkil etdi (bu besh daqiqa oraliq vaqt degani).

P.S.Savol bo‘lishi mumkin, shu taqdiqiqotni o‘tkazish shartmidi? Tahminimizcha bunday tajribalarni o‘tkazish smartfonga bog‘liqlikni qandayligini o‘rganish keyinchalik ishlab chiqaruvchi va jamoatchilik bilan ishlashda yangi loyihalarni amalga oshirishda tayyor qo‘llanma bo‘lib asqotishi mumkin.