Turkiyada yangi joriy etilgan cheklovlar sayyohlarni mamlakatga borishdan qaytarmoqda

20 noyabrdan boshlab Turkiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq yangi cheklovlarni joriy etdi. Ular deyarli “all-inclusive” tizimdagi taʼtilga keluvchilar uchun hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lsalarda, ammo qisman kvartiralarni ijaraga oluvchi sayohlar uchun baʼzi noqulayliklar kiritildi unga ko‘ra: dam oluvchilar shaharlardagi barcha kafe va restoranlari endi soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashini hisobga olishlari kerak. Ovqat faqat olib ketish yoki uyingizga yoki mehmonxonangizga etkazib berish uchun sotiladi.

Shuningdek, Turkiyada hozirda baʼzi muzeylar ishlamayapti. Jamoat joylar uchun ham baʼzi o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, bu karantin qoidalari sayyohlarni Turkiyaga dam olishga borish uchun to‘sqinlik ko‘rsatishi mumkin.

OneTwoTrip onlayn-xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rus sayohatchilarning 70 foizi qishda ham mamlakatga borishga tayyor ekanliklarini bildirishgan bo‘lsa, 53 foiz esa 20 noyabrda kuchga kirgan korxonalar faoliyatining yangi qoidalari tufayli rejalarini o‘zgartirganliklarini bildirishgan.