O‘zbekiston hukumati yana “COVID-19”ni davolashda foydasiz deb topilgan dori vositalarni sotib oldi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xaridlari doirasida 27 noyabr kuni “Dori-Darmon” kompaniyasidan 50 ming dona gidroksixloroxin sotib oldi. Sotib olingan preparatlar qiymati deyarli 4 mlrd so‘m (382 ming AQSh dollari) bo‘lib, preparat koronavirusdan profilaktika maqsadida o‘qituvchilarga berilmoqda.

Pandemiya boshida koronavirusni davolashning aniq bir usuli yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, Xitoyda mavjud dorilar, xususan, xloroxin, gidroksixloroxin, azitromitsin qo‘llanila boshlandi. Keyinchalik, Yevropa davlatlari ham mazkurpreparatlarni qo‘llay boshladilar.

Mart oyida JSST tomonidan mazkur dorilarning samaradorligini tasdiqlash uchun «Xalqaro hamkorlik tadqiqoti»ni boshladi. Koronavirus bilan kasallangan 96 ming bemor to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ilib, AQShning Garvard va Shveysariyaning Syurix universitetlari olimlariga taqdim etildi.
Tadqiqotlar davomida olimlar ushbu dorilar nafaqat befoyda ekanligi, balki bemorlarning vafot etishi xavfini oshirishi mumkinligini aniqladilar. Yevropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQSh preparatdan voz kechishdi. JSST ham o‘z tavsiyalarini qaytarib oldi.

O‘zbekistonda «Plakvenil» preparati yuzasidan munozaralar ancha jiddiy tus oldi. Avvaliga koronavirus bilan kasallanganlar uchun tavsiya etilgan ushbu dori davolash uchun vositalar ro‘yxatidan chiqarilgan edi, ammo bir muncha vaqt o‘tgach, u yana ro‘yxatga qaytarildi.

Respublika maxsus komissiyasi a’zosi, professor Feruza Xamroboyeva gidroksixloroxinning xavfli ekanligini ta’kidladi. Keyinchalik, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun Plakvenildan foydalanishga qarshi bo‘lgan Milliy innovatsion sog‘liqni saqlash palatasi vakili Klara Yodgorova unga nisbatan bosimlar borligi va preparatni klinik boshqaruvga qaytarishga urinishlar bo‘layotganini aytdi.

Biroz vaqt o‘tib, koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida: respublikaning barcha yetakchi olimlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqori lavozimdagi amaldorlari, amaliyotchi shifokorlar, tibbiyot professorlari ushbu dorini himoya qila boshladilar. “Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Solixbayeva Umida Saidovna ema mazkur preparatni eng ashaddiy himoyachisiga aylandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining bunday qarori standartdir. “Biz saytlarlada gap tarqatib, aholini chalkashliklarga olib borayotgan folbinlarga emas, balki amaliyotchi shifokorlarga quloq tutishimiz kerak”, — dedi u. G‘alati, shunday emasmi? “Dori-Darmon” kompaniyasining rahbari respublika miqyosdagi baland minbardan turib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va eng muhimi, dunyoning aksariyat mamlakatlarida samarasiz deb tan olingan, ammo davlat xaridlari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositasini yoqlamoqda… O‘zbekiston hukumati esa bu dori uchun byudjet mablag‘larini sarflashda davom etmoqda. Savol, nega?

Afsuski, savol javobsiz qolmoqda.