Parij meriyasi rahbar ayollarning ko‘pligi uchun jarimaga tortildi

Fransiya davlat xizmati vazirligi poytaxt meriyasini gender tengligi qoidalarini buzganlikda ayblab, jarima solishni talab qildi, deb xabar bermoqda Le Monde gazetasi.

Endi shahar maʼmuriyati nomutanosib miqdordagi erkaklar va ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayinlaganligi uchun 90 ming yevro jarima to‘lashi kerak. Departament maʼlumotlariga ko‘ra, Parij meriyasida  2018 yilda 11 nafar ayol va 5 nafar erkak direktorlik va o‘rinbosarlik lavozimlariga tayinlangan.

Shunday qilib, hozirgi kunda asosiy lavozimlarning 69 foizini ayollari egallab turibdi. Bu esa gender tengiligiga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda chunki, qonunga ko‘ra, kamida 60% ga 40% gacha, eng to‘g‘rirog‘i jinslar mutanosbligi- teng bo‘lishi kerak.

Izoh o‘rnida…

Parij rahbari Anne Xidalgo tegishli qarordan g‘azablanmoqda, uning fikriga ko‘ra, bu jazo adolatsiz va hatto xavfli hamdur.

“Biz ayollarni ishlashishini targ‘ib qilishimiz kerak, chunki butun Fransiya bo‘ylab ayollar jiddiy orqada qolishmoqda va paritetga erishish uchun tezlikni  yana-da oshirishimiz kerak”, dedi shahar hokimi.

P.S. Ayni paytda, Vengriya hukumati mamlakat Konstitutsiyasigao‘zgartishlar kiritishni taklif qildi, unga ko‘ra insonning jinsi tug‘ilishidan boshlab to umri mobaynida aniqlanishi mumkin ekan. Mana shunaqa gaplar shu yevropaliklar jinslar borasida hech bir to‘xtamga kela olshmayaptida