“Qozogʼiston yerlarining tuhfa etilishi” boʼyicha mоjаrо hali ham davom etmoqda

Hatto Rossiyaning oʼzida ham hukumat Davlat Dumasi deputatlari Vyacheslav Nikonov va Yevgeniy Fedorovning Qozogʼistonga boʼlgan hududiy daʼvolariga nisbatan (qatʼiy) davom etayotgan sukunat sobiq Sovet Ittifoqining barcha mamlakatlariga birdaniga “zarba beradi”, deb hisoblashmoqda.

Gap shundaki, Shimoliy Qozogʼiston yerlarini Rossiyaga qoʼshish tarafdorlari oʼzlarining daʼvolarini 1990 yil SSSR tarkibidan chiqish tartibi toʼgʼrisidagi qonun bilan bildirmoqdalar. Shuningdek, bu hujjatda davlatlar hududlarining maqomi ham belgilangan.

 “Unga koʼra, Ittifoqdan chiqqan davlat Sovet Ittifoqi davrida unga kelgan barcha yerlarni olib ketishi uchun ruxsat soʼrashi kerak. Ammo Qozogʼiston SSSR tugatilganidan soʼng oʼz mustaqilligini eʼlon qildi, shuning uchun ushbu qonun unga tegishli emas. (mustaqil Qozogʼiston paydo boʼlishidan oldin bu qonun oʼz kuchini yoʼqotgan). “

Agar biron bir chegara bilan bogʼliq muammolar mavjud boʼlsa, ularning barchasi 2005 yilda ikkala mamlakat tomonidan tasdiqlangan chegara shartnomasi bilan toʼliq hal qilingan edi.

“Novaya gazeta” yozganidek: “Kreml, albatta, Qozogʼistonning biron bir qismini qoʼshib olishni rejalashtirmagan: umumiy chegarasi 7,5 ming km. boʼlgan mamlakat bilan qurolli mojaro boshlash, darhaqiqat, oʼz joniga qasd qilishdek gap. Ammo rasmiy Moskvaning sukuti – Duma qoʼmitasi MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar boʼyicha qoʼmitasi raisining oʼrinbosari Viktor Vodolatskiyning tushuntirishlari ishonchsiz koʼrinadi.”

Rossiya hanuzgacha oʼzini imperiya deb oʼylaydi “Qozogʼiston yerlarining tuhfa etilishi” toʼgʼrisidagi ritorika esa, Putinning odatiy iboralariga bevosita oʼxshatishdir.

“Aslida, Rossiya hali ham Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ukraina va Belorussiyani” kichik birodarlar deb oʼylaydi, ular har narsada Moskvaga boʼysunishi kerak, chunki u (Rossiya) “qanday yaxshi boʼlishini” biladi.

Kreml qoʼshni davlatlar bilan teng munosabatda boʼlishni “obroʼiga” toʼgʼri kelmaydi deb xisoblaydi. Va oddiy odamlar ortda qolishmaydi: “yangi kelganlarga” nisbatan doimgidek, millatchilik – aynan imperatorlik ongida saqlanib qolganidek.