Sadir Japarovning “yordamchisi” tovlamachilik qildi

Qirg‘izistonda prezidentlikka asosiy da’vogarning “yordamchisi” parlament deputatidan pul undirmoqchi bo‘lgan. Parlament a’zosi Qubanichbek Jumaliev huquqni muhofaza qilish idoralariga tovlamachilik uchun hibsga olingan shaxsni Sadir Japarovning yordamchisi ekanligini aytgan.

Jumaliev 5-dekabr kuni polisiyaga murojaat qilib, “moliya polisiyasida sudgacha bo‘lgan ishlarni to‘xtatish” uchun 3 hafta davomida undan 2000 AQSh dollari undirishga harakat qilgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni talab qilgan.

Talonchi hibsga olingan va u Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan Sadir Japarovning yordamchisi ekanligini  da’vo qilmoqda.

Hozircha tahminlar…

Bunday “ishlar”ning sodir bo‘layotgani mamlakatda Japarovni davlat rahbari sifatida ko‘rishni xohlamaydilar ko‘p, yoki bo‘lmasa haqiqatdan ham qo‘lga olingan shaxsda aybdor.