JSST koronavirusning yangi turini aniqladi: virus “o‘chog‘i” Angliya

JSST Daniya, Avstraliya va Gollandiyada qayd etilgan koronavirusning yangi turini e’lon qildi. Mazkur virusning kelib chiqish “o‘chog‘i” deb Buyuk Britaniya ko‘rsatilmoqda.

Yangi shtammning tez tarqalishi tufayli Londonda va Angliyaning janubi-sharqida qattiq izolyatsiya joriy etildi. Buning oqibatida bir qator mamlakatlar Buyuk Britaniya bilan parvozlarga taqiq joriy etdi.

Angliya bosh vaziri Boris Jonsonning ta’kidlashicha, yangi shtamm 70 foiz ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkin. Ammo, bu og‘irroq kasallikka olib kelishi yoki yuqori o‘lim bilan bog‘liqligi to‘g‘risida hali hech qanday dalil yo‘q deyilmoqda tarqatilayotgan axborotlarda.

Pfizer vaksinasi unga qarshi qanchalik samarali ekanligi hali ma’lum emas. Angliya hukumati undan foydalanishni dekabr oyi boshida ma’qullagan edi.