Xabaringiz bor, 2 oydan so‘ng Qozog‘istonda ommaviy “COVID-19”ga qarshi emlash boshlanishi e’lon qilingan edi.
Siyosatshunos birinchi navbatda qozog‘istonlik deputatlarni emlashni taklif qildi. Sanjar Boqaev emlash uchun pulni o‘z cho‘ntagidan to‘lashga tayyor. “Mana men taklif qilmoqchi bo‘lganim. Birinchi navbatda, biz Qozog‘iston Respublikasi parlamenti deputatlarini (vaksina bilan) emlaymiz. Parlamentning yangi chaqiriq deputatlari uchun 157ta Rossiyaning Sputnik V vaksinasini to‘lashga tayyor ekanligimni to‘la javobgarlik bilan e’lon qilaman. Biz mamlakat haqida, avvalo, deputatlar haqida qayg‘urishimiz kerak. Ular shifokorlar, o‘qituvchilar va hatto undan ham ko‘proq o‘quvchilar emlanmaguncha kutib o‘tirmaydilar. Eng yaxshi narsalar deputatlarimizga, xalq vakillariga.
P.S. Keyinchalik shifokorlarimiz, o‘qituvchilarimiz, talabalarimiz va boshqa fuqarolarimiz uchun yomon Amerika vaksinasini sotib olamiz» – deb yozgan Boqaev.
Rasmiyning bunday murojaatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda aholi tomonidan minnatdorliklar soni ortib ketdi.