KGB generali Sovet hukumati nega Qorabog‘ni turklarga berilganligi to‘g‘risida maʼlumot berdi

“U yerdagi mojaro Otaturk davridan boshlangan, Sovet Ittifoqini Turkiya tomonidan tan olinishi uchun minnatdorchilik belgisi sifatida Qorabog‘ni Ozarbayjonga berganimizdan boshlangan. Ular etnik mojaro uchun asos yaratdilar. SSSR qulashi arafasida bizda o‘tgan xatolarni tuzatishga kuchimiz yetmadi. Xo‘sh, bu uzoq yillik mojaroni qanday hal qilish mumkin edi? ”- dedi Sovet-Rossiya davlat arbobi, KGB generali Nikolay Leonov.

 «Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq vaziyatda biz vaqtni yo‘qotdik, u yerda noaniq vaziyat yaratdik. Hozirgi sulh bitimidan so‘ng nima bo‘lishi aniq emas – bundan keyin nima qilish kerak? Oxir-oqibat ushbu anklavning qoldiqlari kimniki? Qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi mavjud bo‘lmaguncha, urush davom etishi muqarrar. Men o‘zimga savol beraman: biz Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar sifatida 5 yilga kelganmiz. Biz qaytgandan so‘ng nima bo‘ladi? Agar tinchlikparvar kuchlarimiz ketsa, ziddiyat yana boshlanashi aniq. Shuning uchun eng yuqori darajadagi siyosatchilar muzokaralar stoliga o‘tirib, ikki etnik guruhni qanday qilib delimitatsiya qilish haqida o‘ylashlari kerak », – deb hisoblaydi Leonov.