Qirg‘izistonda yana hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga chaqiriqlar paydo bo‘ldi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga chaqirilgan audio yozuvlarni tekshiradi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan audioyozuvlarni tekshirmoqda. Ularda, ehtimol siyosatchilar va prezidentlikka nomzodlar, prezident saylovlari va referendumdan so‘ng ommaviy noroziliklar orqali mamlakatda inqilobni tashkil qilishni muhokama qilayotgan bo‘lishi mumkin.

“Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga chaqirayotgan odamlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, – deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazida.

10 yanvar kuni Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari va boshqaruv shaklini aniqlash bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.