Turkiya uyg‘urlarni Xitoyga COVID-19 vaksinasi evaziga topshirmoqchi

Muxolifatdagi Respublikachilar Xalq partiyasidan kemalistlar Rajab Erdo‘g‘anni uyg‘urlarni “sotishda” ayblashmoqda. Ayni paytda, “Milliyatchi Harakat” partiyasining rahbari, Erdog‘anning parlamentdagi asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Davlat Baxcheli esa sukut saqlashni afzal ko‘rmoqda. Garchi oldinroq Bahcheli safdoshlarini Uyg‘urlar masalasida yumshoq munosabatda bo‘lganligi uchun tanqid qilgan edi.

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an COVID-19 vaksinasi evaziga uyg‘ur dissidentlarini ekstraditsiya qilish masalasida Xitoy bilan savdolashishda ayblanmoqda, deb yozmoqda Ал Monitor  sharhlovchisi Fehim Tashtekin.

Ayblovga sabab esa: Xitoyning ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnomasi aslida 2017 yil may oyida Turkiya hukumati tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak edi. Biroq, Xitoy hukumati birinchi vaksinani yetkazib berishni kechiktirganidan so‘ng, shartnoma 2020 yil dekabr oyi oxirida ratifikatsiya qilindi.  Ayni paytda taʼtilda bo‘lgan Turkiya parlamenti ham ushbu shartnomani fevral oyida tasdiqlashi kutilmoqda, dedi ekspert.

«Anqara emlashni 11 dekabrda boshlashga vaʼda bergan edi, ammo XXR vaksinani belgilangan muddatda yetkazib bermadi. Birinchi partiya 30 dekabr kuni – uchta transferdan so‘ng yetib keldi. Turkiyadagi uyg‘ur diasporasi turli siyosiy doiralarda qo‘llab-quvvatlanib, milliy assambleya tomonidan ushbu shartnomani ratifikatsiya qilishga qarshi faol kurash olib bordi.

O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li vaksina va uyg‘ur diasporasi o‘rtasidagi aloqani rad etmoqda va Anqara shu paytgacha Xitoyning ekstraditsiya qilish talablarini rad etganini taʼkidlaydi va bu shartnoma Turkiya “uyg‘urlarni Xitoyga topshiradi degani emas”,-demoqda vazir.

22 moddadan iborat bitimni imzolagan mamlakat jinoiy faoliyat aybi bilan qidirilayotgan har qanday shaxsni so‘rov berayotgan mamlakatga topshirishga majbur bo‘ladi.

Xitoylik rasmiylar bilan aloqada bo‘lgan “Al Monitor” ning ikki turk manbasi vaksinalar Pekinga uyg‘urlarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash uchun imkoniyat yaratganligini tasdiqlamoqda, ammo “Xitoyning strategik tafakkuri uyg‘urlar masalasidan muhimroq”. Agentlik suhbatdoshlarining fikriga ko‘ra, kelishuvni ratifikatsiya qilishdan oldin, Xitoy Turkiyadan allaqachon Anqara ham shartnomani tasdiqlashiga kafolat olib bo‘lgan.

Turkiya dunyodagi eng yirik uyg‘urlar boshpana so‘ragan mamlakat hisoblanadi.