Navalniy bir pog‘ona ko‘tarildi

Navalniy bilan bog‘liq jarayonlarni kechadan buyon kuzatib borayotgan jamoatchilik, uning Rossiyaga qaytib kelishi bilan “sodir” bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahminlar bilan fikr va mulohazalarini bildirdi. (baribir reja bo‘yicha qamoqqa olish chorasi ko‘rildi)

Qizig‘i shundaki, Rossiyaning o‘zida Navalniyning tarafdorlari yana-da ko‘paydi. Avvallari Navalniy oddiy oppozitsiyadagi bloger sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozirda Rossiyaning amaldagi prezidenti raqobatchisi sifatida ko‘rilmoqda.

Jamoatchilik uning gapirgan gapidan qattiq taʼsirlanganligi bo‘yicha ko‘plab postlar qo‘yildi. Rossiyada faoliyat ko‘rsatadigan mashhur telegram kanalida eʼlon qilingan materialda quyidagicha fikrlar berilgan: “Kecha Aleksey Navalniy eng muhim so‘zlarni aytdi: “Bu so‘nggi besh oydagi eng yaxshi kunim, bu mening uyim, qo‘rqmayman, men haq ekanimni bilaman, menga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar uydirma”. Erkin odamning bu qisqa nutqida har birimizga yetishmayotgan, ammo har birimiz “bu mening uyim, men qo‘rqmayman” deb his qilishimiz kerak bo‘lgan tuyg‘u mavjud.

Repressiv tizim shunday ishlab chiqilganki, har doim uning barcha kuchlari bizni qo‘rqitishga va o‘z mamlakatimizdan ongli mahrum qilishga qaratilgan. Bunday gapirmang – jarima to‘laysiz, u yerga bormang – qamoqqa tushasiz, bunday qilmang – ular sizni o‘ldirishadi.

O‘z hayotini deyarli yo‘qotgan Navalniy, har qanday daqiqada qamalishi mumkinligini aniq anglab, Rossiyaga qaytdi, chunki uning uyi shu yerda, qo‘rquv sizni vataningizni yo‘qotishga majbur qiladigan tuyg‘u emasligini namoyish eta oldi. Ishonamanki, amerikalik maktab o‘quvchilari Martin Lyuter Kingning “Mening orzuim bor” iborasi bilan insholar yozishni boshlaganlarida, qachondir bizning bolalarimiz ham insholarini “bu mening uyim, men qo‘rqmayman” degan so‘zlar bilan boshlaydi.”