Jahon savdosi saqlanib qoldi o‘zi esa pulsiz qoldi

23 mart kuni Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanaliga tiqilib qolganligidan barchani xabari bor albatta.

O‘sha kuni yaqin atrofdagi yagona ekskavator operatori misrlik Abdulla Abdul-Javad edi. Rahbariyat uni zudlik bilan voqea joyiga kanalni kengaytirish va kema kamonini qazish uchun yubordi. Kemaga yaqinlashish uchun Abdul-Javad qazib olingan narslardan yasama ko‘prik qurdi va qazishni boshladi. Shundan boshlab besh kun davomida, qutqaruv ishlari olib borildi va Abdul-Javad kuniga 21 soat (kamroq uxlab  va tushlik tanaffusi olmasdan) qazish ishi bilan shug‘allandi.

Bir necha kundan so‘ng, unga yordam berish uchun yana ikkita ekskavator keldi, ammo ularning haydovchilari Ever Givenning ag‘darilib ketishidan qo‘rqib, yaqinlasha olmadi. Oxir-oqibat Abdul-Javad kemaning kamonini 5-6 metr chuqurlikda tozaladi va shundan keyingina kema harakatlana oldi. Endi ma’lum bo‘lishicha, Abdul-Javad ortiqcha ish vaqti uchun bir tiyin ham olmagan. Yigit xafa bo‘lganini aytmoqda, lekin uning aytishicha bunday ko‘rsatilgan jasoratini ancha vaqt eslab yuradi.

P.S. siz kuniga necha soat ishlaysiz? Marhum Ozod Sharfutdinovning aytishi bo‘yicha “ishga yarasha ish haqi berilmasa ish haqiga yarasha ish qilinadi”.