Shimoliy Koreyada ochlik boshlandi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat “ochlik davrini” boshdan kechirishini tan oldi.

KXDRda allaqachon ko‘plab elchixonalar va gumanitar tashkilotlar o‘z ishlarini va ishchilarini qisqartirishgan. Umumiy oziq-ovqat tanqisligining sababi deya o‘ta qat’iy o‘rnatilgan koronavirus karantini ko‘rasatilmoqda. Hokimiyat xalq dushmanlari va diversantlar KOVID virusini mamlakatga olib kirishga urinishdan qo‘rqishmoqda. Shu sababli, chet eldan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish taqiqlangan edi.

Kim Chen Inning bayonotida aytib o‘tilgan yana bir omil bu tabiiy ofatlar. “Avgust-sentyabr oylarida KXDRga tayfunlar kuchli zarba berdi”. Tabiiy ofatlarning oqibatlari sanksiyalar tufayli xom ashyo, materiallar, uskunalar yetishmasligi tufayli og‘irlashdi. Bu o‘tgan yili tugagan so‘nggi besh yillik rejaning amalga oshirilmasligiga ta’sir qilganligini, Kim Chen Inning o‘zi ham ochiq aytdi.

Biroq, muammo qat’iy karantinda ham emas, tabiiy ofatlarda ham emas.

Sabablar quyida:

O‘tgan yilning birinchi yarmida yetkazib berish kerak bo‘lgan mahsulotlar xali ham yuborilmagan. Sabab, davlatning hozirgi og‘ir holatga yetib kelishiga AQShning KXDRga nisbatan qo‘llagan sanksiyalaridir. KXDRga biror narsa yetkazib berishni istagan har qanday kompaniya, hatto BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlari bilan ruxsat berilgan eng zararsiz narsalarni ham, yetkazib berishga har qanday kompaniya ham jur’at eta olmaydi, chunki, o‘zi ham keyinchalik sanksiyalarga tushub qolishi hech gap emas!