Facebook S.Japarovning “issiqko‘l” damlamasi bo‘yicha postini olib tashladi

Facebook Qirg‘iziston Prezidentining Kovidni Issiqko‘l damlamasi bilan davolash bo‘yicha bayonotini olib tashladi.

“Biz bu postni olib tashladik. Sababi shundaki, biz hech kimga, shu jumladan rasmiy ravishda saylangan rahbarlarga inson sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri maʼlumotlarni tarqatishga yo‘l qo‘ymaymiz, shu jumladan СOVID-19ni davolash yoki uning oldini olish to‘g‘risida bo‘lsa ham”, deyilgan Facebook matbuot xizmati xabarida.

Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati esa damala to‘g‘risidagi xabarni S. Japarovning o‘zi olib tashlagan deb daʼvo qilmoqda.

15 aprel kuni Sadir Japarov “koronavirusni bir yoki ikki kunda davolaydigan dori topildi” deb yozgan edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri davlat rahbari shaxsan shifokorlar uchun maʼruzalar o‘qiganligi, u zaharli o‘simlikning kaynatma tarkibidagi to‘g‘ri ulushini aniqlay oladigan yagona odam o‘zi ekanligini aytgan va efir vaqtida ana shu damlamani isteʼmol qilgan edi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining taʼkidlashicha, hamma joyda shifokorlar Issiqko‘l ildizidan foydalanib, go‘yoki 350 dan ortiq odam davolangani to‘g‘risida maʼlumot bergan.

19 aprel holatiga ko‘ra respublikada 9575 kishi Kovidga qarshi emlandi.

Biroq, Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri damlama bilan davolashni bekor qilmoqchi emas.