Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Tojikiston chegaralari bilan nima qilish kerak?

Markaziy Osiyo mamlakatlarida saqlanib qolgan anklavlar tizimi o‘tmishning o‘ziga xos merosiga aylandi. Qirg‘iziston ichida O‘zbekistonga tegishli Sox, Shohimardon, Chon-G‘ora va Jangail hamda Tojikistonga tegishli Vorux va G‘arbiy Qaʼlacha bor; O‘zbekiston ichida esa qirg‘izlarning Barak va tojiklarning Sarvak anklavlari.

Sobiq ittifoq qulashi bilan anklavlar joylashgan mamlakat va anklavning milliy aholisi o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlandi. KXSHT va YEOIK doirasidagi ushbu to‘qnashuvlar “yovvoyi” kelishmovchilik sifatida qaralmoqda.

Anklavlarning aksariyati Qirg‘izistonda joylashgan. Bishkekdagi har bir rahbariyat o‘zgarishi bilan yangi hukumat qo‘shnilari bilan chegara-hududiy ziddiyatlarni hal qilishga urinadi. Japarov ham shular jumlasidan. Mart oyida Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgani va hududlarni almashtirish masalalari hal qilinganligi haqida xabar berilgan edi.

Avvaldan bashorat qilinganidek, Bishkek yer oldi, O‘zbekiston esa suv va So‘xdagi xalqiga yordam berdi. Toshkent muzokaralarda ko‘proq o‘zini tiyib turish pozitsiyasida bo‘ldi, ammo maʼlum yutuqlarga erishganini aytish lozim.

Ammo, Qirg‘isizton va Tojikiston o‘rtasidagi Vorux anklavi hali ham tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, mojarolar yana-da og‘irlagan va Vorux hozirgi paytda begona, deb hisoblangan hudud ichidagi anklavga aylangan. Qurolli to‘qnashuvlar pulemyot va minomyotdan foydalanish darajasiga yetib borgan.

2018-2021 yillarda tojik-qirg‘iz chegarasida kichiklari hisobga olinmaganida 9 ta yirik to‘qnashuv qayd etildi.

Dushanbe uchun Voruxning transferi obro‘sini yo‘qotish bilan tengdir. Tojikiston tomoni Vorux Aria va So‘g‘diyonaning tarixiy merosi ekanligini muntazam ravishda aytib keladi, shu sababli bu makon faqat Tojikistonga tegishli bo‘lishi kerak.

Kontrabandachilar esa mavjud muammoni yana-da kuchaytirmoqda. Ular chegara chalkashliklaridan foydalanib kelmoqda.

2007 yilda Dushanbe Botken va Laylak tumanlarini ijaraga olingan yo‘l bilan bog‘lashga ruxsat berdi, ammo ziddiyat darajasi kamaymadi. Qarama-qarshilikning eng nomaqbul usuli yo‘llarni to‘sish bo‘ldi. Tojikistonliklar Isfan-Botken yo‘lini, qirg‘izistonliklar Vorux-Isfar avtomagistralini to‘sib qo‘yishdi, shu bilan Voruxning 35 ming aholisi garovga olingandek bo‘p qoldi.

Bishkek muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. Ammo, yaqinda Tojikiston prezidenti Rahmon “Vorux hech qachon almashilmaydi, u Tojikistonning bir qismi bo‘lib qoladi. 19 yil davomida Voruxni boshqa hudud bilan almashtirish masalasi bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas” deb taʼkidladi.

Sobiq ittifoqning bunday merosi azaldan biri biri bilan aka-ukadek yashagan Markaziy Osiyo millatlari uchun juda og‘ir muammolarni keltirishni davom etmoqda.