“Yumshoq kuch” reytingi eʼlon qilindi

Global Soft Power Index 2021 – bu 100 ta mamlakatdagi milliy brendlarning taʼsirini o‘rgandi. Reyting brendlarni baholash bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Brand Finance tomonidan tayyorlangan.

2021 yil reytingiga ko‘ra eng yaxshi 10 mamlakat:

1. Germaniya

2. Yaponiya

3. Birlashgan Qirollik

4. Kanada

5. Shveytsariya

6. AQSh

7. Fransiya

8. Xitoy

9. Shvetsiya

10. Avstraliya

2021 yilda Rossiya 50,5 ko‘rsatkichi bilan 13-o‘rinni egalladi, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 pog‘onaga pasaygan. Sabab esa Rossiyaning dunyo hamjamiyatidagi obro‘i tushib borayotgani bo‘lgan. 2020 yilda Rossiya o‘zining vaksinasini ishlab chiqarishi ham bu reytinga taʼsir etmagan. Biroq, o‘tgan yilga nisbatan uning faqat taʼlim va fan sohasidagi ko‘rsatkichi yaxshilangan.

Endi, MDH mamlakatlariga kelsak, mintaqa bo‘yicha birinchilar qatorida Qozog‘iston 75-o‘rinda, O‘zbekiston 81- o‘rinda va Turkmaniston 99-o‘rinda.

Global Soft Power Index 2021da “yumshoq kuch” qanday tushuniladi?

Yumshoq kuch – bu millatning majburlash bilan emas, balki jalb qilish yoki ishontirish orqali xalqaro maydonda (davlatlar, korporatsiyalar, jamoalar va boshqalar) turli xil afzalliklari va xatti-harakatlariga taʼsir o‘tkazish qobiliyatidir.

Global Soft Power Indexni hisoblash paytida 100 dan ortiq mamlakatlardan 75 000 nafardan ziyod odamlar bilan suhbat o‘tkazilgan va 47 mamlakatdan 800 ga yaqin turli sohalar bo‘yicha mutaxassislarning fikrlari inobatga olingan.

Global Soft Power Index o‘z tadqiqotlarida quyidagilarni hisobga oladi:

– mamlakat haqida maʼlumotga egalik (familiarity) va xabardorlik (milliy brend haqida)

– obro‘-eʼtibor (reputation)

– taʼsir, (influence) respondentning mamlakati dunyo miqyosidagi taʼsir darajasi

– “yumshoq kuch”ning 7 tarkibiy qismi (biznes va savdo, menejment, xalqaro aloqalar, madaniy meros, media-kommunikatsiyalar, taʼlim va fan, qadriyatlar)

– Covid-19ga uchta yo‘nalishdagi tayyorgarlik: iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va farovonlik, xalqaro yordam va hamkorlik (bu ko‘rsatkich birinchi marta 2021 yilda kiritildi).