2015 yilda, (o‘sha paytdagi AQSh vitse-prezidenti) Jo Bayden, Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan bilan birgalikda Vashingtondagi Milliy sobordagi arman genotsidining 100 yilligi munosabati bilan ibodat marosimida ishtirok etgan edi.
Sitsernakaberd yodgorlik majmuasi 2020 yil aprel oyida Birinchi jahon urushi davrida Usmonli imperiyasida armanlarning qirg‘in qilinishi natijasida halok bo‘lganlar xotirasi uchun yoritilgan.
Asli arman millatiga mansub minglab odamlar va ularning tarafdorlari 2019 yilda 1915 yilgi arman qirg‘inini xotirlash uchun Gollivud bo‘ylab yurish uyushtirishgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa o‘z navabatida 1915 yilda Usmonli imperiyasida armanlarni qirg‘in qilish “genotsid” bo‘lgan degan daʼvoni rad etadi.
AQSh Prezidenti Jo Baydenning Birinchi Jahon urushi paytida Musulmon Usmonli imperiyasi tomonidan 1,5 million nasroniy armanlarning o‘ldirilishini genotsid deb rasman tan olish rejasi Turkiya bilan munosabatlarda inqirozga olib kelish xavfini kuchaytiradi.
Oq Uy bu xabarlarga izoh bermadi, ammo Bayden Demokratik partiyasining yetakchi qonun chiqaruvchilari ushbu harakatni shanba kuni, 1915 yilgi qirg‘in qurbonlarini xotirlash kuni amalga oshishi kutilayotganini bildirdi.
AQSHning arman jamoatchiligi tomonidan o‘nlab yillar davomida o‘tkazilgan bosimiga qaramay, AQSHning avvalgi prezidentlari ushbu ittifoqni qatʼiyan rad etgan NATOning ittifoqdoshi Turkiya bilan uzilish qo‘rquvi yuzasidan genotsid mojarosini chetlab o‘tishgan.
Ammo Bayden o‘tgan yili prezidentlik kampaniyasi paytida armanlarning genotsidini tan olishga vaʼda bergan edi.
“Biz ushbu dahshatli va tizimli qirg‘in kampaniyasini hech qachon unutmasligimiz va sukut saqlamasligimiz kerak”, dedi u 2020 yil 24 aprelda qilgan bayonotida.
“Agar biz to‘liq bu narsani tan olmasak, xotirani eʼzozlamasak va bolalarimizga genotsidni o‘rgatmasak,“endi hech qachon bo‘lmaydi” shiori o‘z maʼnosini yo‘qotadi.”
Erdog‘an: “Haqiqatni himoya qiling”
Genotsid qirg‘inining tamg‘asi hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, ammo zararni qoplash to‘g‘risidagi daʼvolarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Bundan tashqari, bu o‘ldirilgan armanlar sonining kattalashtirilganligini va shu davrda ko‘proq musulmonlar o‘ldirilganligini taʼkidlaydigan Anqaraning g‘azabiga sabab bo‘ladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an payshanba (21-aprel) kuni o‘z maslahatchilariga: “uydirma arman genotsidi haqidagi yolg‘onni qo‘llab-quvvatlaydiganlardan haqiqatni himoya qilishini”, aytgan biroq bu fikrlari Baydenning rejalariga bevosita taʼluqliligi aytilmagan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li intervyusida Baydenning bu harakati ikki tomonlama munosabatlarni buzilishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
“Agar Qo‘shma Shtatlar o‘zaro munosabatlarni yomonlashtirmoqchi bo‘lsa, bu qaror ularga bog‘liq”, dedi u.
Kongressdagi demokratlar esa kutilgan harakatni mamnuniyat bilan qabul qildilar.
“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati tomonidan nihoyat arman genotsidi bo‘yicha haqiqatni tan olganligidan minnatdorman va xursandman, ayniqsa bu 100 yillik yubileyni nishonlashimiz oldidan katta yutuq bo‘ldi”,- dedi Senatning yetakchilaridan Chak Shumer.
AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays bunday biron bir bayonotni tasdiqlamadi, ammo ikkala mamlakat o‘zaro kelishmovchiliklarga qaramay, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar ustida ishlashlarni davom ettirishini taʼkidladi.
“Bizning Anqara bilan umumiy manfaatlarimiz, jumladan, terrorizmga qarshi kurash va Suriyadagi mojaroni to‘xtatish”, dedi u.
“Do‘stlar, ittifoqchilar sifatida, kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, biz ularni bildiramiz … ularni yashirish mumkin emas”, dedi u.
Tarix nazar va “Zamonaviy tahdid”
Usmonli imperiyasi zamonaviy Turkiyaning markazida joylashgan bo‘lib, millionlab armanlar uning hukmronligi ostida, asosan hozirgi mamlakatning sharqiy qismida yashagan.
Qirg‘in Usmoniylar lideri Mehmed Talaat birinchi jahon urushi avj olgan va Usmonli imperiyasi Chor Rossiyasiga qarshi kurash olib borgan paytda armanlarni ommaviy ravishda deportatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berganidan keyin boshlangan.
Arman jamoatchiligi 1,5 million o‘limni daʼvo qilmoqda, boshqa taxminlar bundan emasligini ko‘rsatadi yaʼni ko‘rsatkich ancha kam bo‘lgan. Shuningdek, yuz minglab odamlar surgun qilingan, ko‘plari Yevropa va AQSHga qochgan.
30 ga yaqin davlat, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ushbu voqeani genotsid deb tan oldi.
2019 yilda AQSH Kongressining ikkala palatasi ham genotsid yorlig‘ini ramziy maʼnoda ishlatishga ovoz berdi.
Ammo o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp Erdo‘g‘an bilan yaqin munosabatlarni saqlashga intilib, bu atamani ishlatishdan qochib, uni “20-asrning eng yomon ommaviy zulmlaridan biri” deb atagan.
Dastlabki genotsid qonunini qo‘llab-quvvatlagan Demokratik kongressmen Adam Shiff, Baydenning bu harakati “hozirgi paytda genotsidning haqiqiy tahdidi” ni taʼkidlash uchun muhim qadam ekanligini taʼkidlab, Xitoyning musulmon uyg‘urlarga bo‘lgan munosabatini ham bildirib o‘tdi.
“Agar biz bir asr oldin sodir bo‘lgan genotsidni tan olmasak, bu bizning bugungi kunda tik turib hozirda sodir etilayotgan genotsidga qarshi kurashishga tayyor ekanligimizga shubha uyg‘otmaydimi?”,- dedi Fox 11 telekaniliga bergan intervyusida.