Tojikiston va Qirg‘iziston mojarosida kimni taʼsiri bor?

Tojik-qirg‘iz chegarasidagi kelishmovchiliklar Markaziy Osiyo mintaqasidagi katta nizo sifatida qaralmoqda. Muammoga turli nuqtalardan qaralganda kutilmagan tahlil natijalari kelib chiqmoqda.

“Hozirgi zo‘ravonlik avj olishi “O‘zbekiston-Tojikiston-Xitoy” transport koridorining rivojlanishiga tahdid solayotganini aytish qiyin emas”,- deya fikr bildirdi ijtimoiy tarmoqlardagi faol blogerlardan biri.

Tahlil qilib ko‘rganda, 12 aprel kuni Tojikiston Transport vazirligi va Xitoyning Hunan Road & Bridge Construction Group Company Limited kompaniyasi Obig‘arm-Nurobod avtomobil yo‘lini qurish to‘g‘risida bitim imzoladilar. 23 aprel kuni Dushanbeda Panjikent (Tojikiston) – Bulungur / Jomboy (O‘zbekiston) qismida yangi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha tojik-o‘zbek muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bir hafta o‘tmay, hozirgi provokatsiya sodir bo‘ldi.

Umid qilamizki, Pekin va Tehron yaxshilab tahlil qilib ko‘rishadi. Aks holda, ularning ortida turgan turklar va inglizlar XXR va Eron uchun yangi (Artsaxdan keyin) og‘riq nuqtasini yaratishga harakat qilishadi – endi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatiga yaqin joyda.

Ammo, agar Kreml haqiqatan ham Pekin va Tehron bilan xisob-kitob jarayoniga moyil bo‘lsa, Rossiya ham chetda qolmasligi kerak. Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Bishkekda 2021 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida saylangan yangi hukumatni “muborakbod” etgan…