Yaqin Sharqni yangi “arab bahori” kutmoqdami?

Ummonning sobiq tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alaviy Yaqin Sharqdagi inqiloblarning yaqinlashib kelayotgan ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirmoqda, uning ko‘lami Arab bahoriga o‘xshaydi.

Bin Alaviy Ummon davlat televideniyesiga bergan intervyusida mintaqada 2010 yil boshlarida ommaviy norozilik namoyishlari va bir necha avtokratik rejimlarning ag‘darilishiga olib kelgan sharoitlari saqlanib qolayotganini taʼkidladi.

“Ehtimol, bizning mintaqamizda “аrab bahori”ning o‘zi yetarli emas, chunki bundan keyin hech narsa o‘zgarmadi”, – deya taʼkidladi diplomat. Sobiq tashqi ishlar vaziri Fors ko‘rfazi mamlakatlarida qo‘zg‘olonlar boshlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

2011 yilda Bahrayn ommaviy noroziliklarga duch kelgan Fors ko‘rfazidagi yagona davlatga aylangan.

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining yordami bilan rasmiylar Bahrayn ko‘chalarida ommaviy norozilikni bostirishga muvaffaq bo‘lishgan edi.