Putin va Erdo‘g‘onning farqi shundaki, birinchisi fikr yuritishi bo‘yicha tijorat korxona huquqshunosi, ikkinchisi esa dunyoni diniy tomonlama tushunadigan voiz.
Huquqshunos tafsilotlarni puxta biladi, lekin butun vaziyatni ko‘rmaydi, orator esa vaziyatni tushunadi, lekin tafsilotlarga ahamiyat bermaydi va belgilangan maqsad yo‘lida ko‘pincha xatolarga yo‘l qo‘yadi, deb taʼkidlamoqda siyosiy ekspert Sarkis Saturyan.
Uning fikricha Anqaradagi hukmron elitaning asl maqsadi mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan xalqlarni yagona huquqiy makonga yig‘ish emas, balki ularni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga to‘sqinlik qilish uchun ularni qurolli to‘qnashuvlar bilan bostirishdir.
IA Realist bosh muharriri Saturyanning fikriga ko‘ra, “Yangi Usmonli imperiyasi” loyihasi – bu yolg‘on yoki razvedka xodimlari aytganidek, diqqatni chalg‘itish. “To‘g‘ri, turklar amalga oshirayotgan ishlarida yolg‘iz emaslar. Bu narsadan inglizlar, isroilliklar va Amerika tuzilmalari faol foydalanib musulmon dunyosida chalkashliklar keltirib chiqarish, uni yagona siyosiy kuchga birlashishini kechiktirishga urinib kelmoqda. Turkiya Suriya yoki Iroqdagi urushlar orqali turk imperiyani tiklayapti, deb o‘ylash, rus hukumatini Qrim va Donbass orqali tarixiy yerlarini qaytarib olmoqda degan juda sodda tushunchadir. Erdog‘an ham, Putin ham yer qaytarib olishmayapti”.
Uning qayd etishicha, strategik jihatdan Turkiya va Rossiya rahbarlari bitta narsa – siyosiy maydonda omon qolish kurash bilan band. “Ikkisi ham o‘zlaridan intellektual jihatdan ustun bo‘lgan odamlarga toqat qilolmaydilar. Ammo, chet elliklarni gaplarini ishtiyoq bilan tinglaydilar. Ikkalasi ham iqtisodni yaxshi tushunmaydi va shuning uchun isyonga moyil bo‘lgan o‘rta sinfni muntazam ravishda “ezadi”, yo‘q qilmoqda. Ikkisi ham ichki iqtisodiy xatolarini o‘rnini qoplash uchun tashqi siyosatdan foydalanadi. Ikkalasi ham deyarli barcha qo‘shnilar bilan munosabatlarni buzishga “muvaffaq” bo‘ldi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘onning farqi shundaki, birinchisi fikr yuritishi bo‘yicha tijorat korxona huquqshunosi, ikkinchisi esa dunyoni diniy tomonlama tushunadigan voiz. Huquqshunos tafsilotlarni puxta biladi, lekin butun vaziyatni ko‘rmaydi, orator esa vaziyatni tushunadi, lekin tafsilotlarga ahamiyat bermaydi va belgilangan maqsad yo‘lida ko‘pincha xatolarga yo‘l qo‘yadi. Putin-Erdo‘g‘on tandemida obyektiv sabablarga ko‘ra “Sulton” yetakchi hisoblanadi: o‘zini diniy anglashi, dunyodagi vaziyatni umumiy ko‘rishidan tashqari, unga “qirol” ustidan axloqiy va irodaviy ustunlik beradi.
Erdo‘g‘on uchun siyosatda umumiy va xususiy narsalarga bo‘linish yo‘q, ammo Putin uchun bu bo‘linish aniq ifoda etilgan: uni savdo doirasiga “podsho”lik mulkiga tegishli bo‘lgan hamma narsa kiradi. Bu holat doim rus hukmdorlariga tegishli bo‘lgan: shunchaki XIX asrda Alyaska sotilib ketgan edi, endi esa bu obyekt sifatida Kavkaz ko‘rilmoqda. Hudud tushunchasi o‘zgardi, ammo mohiyati emas.