Armaniston va Qirg‘iziston emlash darajasi past bo‘lgan mamlakatlar qatorida, O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Armaniston va Qirg‘iziston aholini koronavirusga qarshi emlash darajasi past bo‘lgan mamlakatlar qatorida, Ukraina va Gruziya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Afrika davlatlari bilan bir xil bosqichda. Ushbu maʼlumotlar Oksford universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot asosida The New York Times nashrida chop etildi.

Hujjatda global miqyosda 1,08 milliard dozadan ortiq vaksina ishlatilganligi qayd etilgan, bu har 100 kishiga 14 doza miqdorida taqqoslash mumkin. Biroq, turli mamlakatlarda emlash dasturlarida sezilarli darajada sustkashliklar kuzatilmoqda.

Ukraina uchun bu ko‘rsatkich 1,4 foizni tashkil qiladi. Afrikaning Malavi, Angola va Keniya kabi davlatlari esa bu ko‘rsatkichda Ukrainani ortda qoldirdi. Shu bilan birga, Gruziyada vaksinani aholining atigi 1,1% olgan. Armaniston va Qirg‘izistonda undan ham pastroq 0,1%.

Taqqoslash uchun: Turkiyada aholining taxminan 16% koronavirusga qarshi emlangan, Ozarbayjonda – 9,5%, Rossiyada – 8,3%, Qozog‘istonda – 5,9%. Emlash darajasi Belorussiya va O‘zbekistonda mos ravishda 2,6% va 2,1% ni tashkil qiladi.

Emlangan fuqarolar soni bo‘yicha besh yetakchi: Seyshel orollari, Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari, San-Marino va Chili.

Ayni paytda, Afrika barcha qitʼalar orasida eng past emlash ko‘rsatkichiga ega. Qitʼadagi baʼzi mamlakatlar aholini emlashni hali ham boshlashmagan.