Qodirov o‘zini “Putinning loyihasi” deb atadi

Checheniston rahbari bu haqda Instagramdagi jonli efir vaqtida maʼlum qilgan. U o‘zini Rossiya prezidentining “loyihasi” va “askari” deb biladi. “Mening imonim shunday rahbarga xizmat qilishga chaqiradi. Agar sizga masjidlar qurishga va diningizni o‘rganishga ruxsat bersa, demak siz ushbu davlat va prezidentni himoya qilishingiz shart”, – dedi Qodirov.

U “eng qiyin paytlarda” Putin chechen xalqini qo‘llab-quvvatlaganini va respublikani tiklash “asosan uning xizmatlar”i evaziga bo‘lganini aytgan.

Efir paytida Qodirov foydalanuvchilarning birining izohiga ham eʼtibor qaratdi va uni o‘qib berdi: “Sen odam emassan, shunchaki shaytonsan”. “Agar sen buni menga yozgan bo‘lsang” dedi Checheniston rahbari, – men seni topaman va qaysi birimiz shayton ekanligimizni ko‘ramiz dedi. “Uyalmaysanmi? Oynaga qanday qaraysan? Endi sen tunlari uxlamaysan”, “Agar men o‘lsam, oilamga yordam bering”deb vasiyat yozasan: Men boshqalarga qanday yordam bergan bo‘lsam oilanga ham yordam beraman … “U endi yig‘laydi” dedi. Qodirov mana shu izohni qoldirgan foydalanuvchidan kontaktlarini yuborishini so‘radi: “Kel, qaysi birimiz shayton ekanligimizni ko‘raylik”, “Men ko‘plab shaytonlarni yo‘q qildim va seni ham yo‘q qilaman” deb davom etdi respublika rahbari.

Qodirov may oyining boshida Putinni inauguratsiya bilan tabriklaganida uni maqtab o‘zining Telegram-kanalida: “Biz, Oliy Bosh qo‘mondonning sodiq piyoda askarlari bo‘lib, uning har qanday buyrug‘ini bajarishga va buyuk Vatanimiz farovonligi uchun jonimizni berishga tayyormiz”, deb yozgan. Checheniston rahbari doimo Rossiyaga va shaxsan prezidentga sodiqligi haqida gapirib keladi.

2015 yildagi bitiklardan: “Bunday odam uchun hayotingizni berish eng oson vazifadir. Sizni ishontirib aytamanki, men har qanday buyruqni bajaraman, buning uchun har qanday murakkablikdagi muammoni hal qilaman!”

2016 yil fevral oyida Qodirov o‘zini Putinning “piyoda askari” deb atagan va “unga xizmat qilish”ga vaʼda bergan. “Men o‘z xalqimizga, Rossiya xalqiga foyda keltira olishimdan faxrlanaman. Men ko‘p narsalar bilan faxrlanaman”, – deya tushuntirdi u.

Putin Qodirovga bir necha bor mukofotlar bergan.

*2004 yilda Prezident unga “xizmat vazifasini bajarishda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” Rossiya Qahramoni unvonini berdi.

*2015 yilda “mehnat yutuqlari, faol ijtimoiy faoliyati va ko‘p yillik vijdonan xizmatlari uchun” Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi.

*2020 yilda unga general-mayor harbiy unvonini berdi.

Huddi shu yili AQSh Davlat departamenti Qodirovni Chechenistonda “inson huquqlarini jiddiy buzishda” (qiynoq va qotilliklarda) ayblab, uni “qora ro‘yxat”ga kiritgan edi.

2021 yil mart oyida “Novaya gazeta” nashri Chechenistondan Germaniyaga qochib ketgan Gezmaxmayevning Chechenistonda o‘nlab odamlarni sudsiz qiynoqqa solishi va qatl etilishi haqidagi hikoyasini eʼlon qildi. Maqola nashr etilgandan so‘ng, Chechenistonda sobiq politsiyachining qarindoshlarini hibsga olgan: ulardan sobiq politsiyachining aytganilaridan tonishini talab qilishgan.