“Pentagonning maxfiy armiyasi” bu yolg‘on emas

Amerikaning Newsweek nashri maʼlumotlariga ko‘ra so‘nggi o‘n yilliklarda Pentagon tarixdagi eng katta maxfiy armiyani yaratgan.

Ushbu armiyada 60 minggacha jangchi bo‘lib – bu Markaziy razvedka boshqarmasining (SRU) yashirin agentlaridan o‘n baravar ko‘p.

Yashirin armiya aʼzolari ko‘pincha harbiy yoki fuqarolik sohasidagi topshiriqlarni bajaradi ва AQSH hamda chet elda ishlaydi.

Ularning ko‘pchiligi xususiy kompaniyalar niqobi ostida yashirinib, o‘ylab topilgan nomlar ostida faoliyat yuritmoqda. Kiber urush davri boshlanishi bilan, xodimlarning alohida shtabi Internetda, jumladan, josuslik bilan shug‘ullanadi. Bu soxada AQSHning o‘zi odatda Rossiya ва Xitoyni ayblaydi, deya qayd etadi Newsweek ikki yillik tergov doirasida olingan eksklyuziv maʼlumotlarga tayanib.

Ushbu keng ko‘lamli yashirin faoliyatga aloqador odamlar Qo‘shma Shtatlar qonunlari, Jeneva konvensiyalari va zamonaviy dunyoda urush kodeksiga qarshi chiqishmoqda, deb yozadi Newsweek.

Yashirin armiyani saqlash uchun har yili 900 million dollargacha mablag‘ sarflanadi. Uning askarlari butun dunyoda, jumladan Yaqin Sharq, Afrika va hatto KXDR kabi yopiq davlatlarda faoliyat yuritmoqdalar. yashirinarmiyaning baʼzi bo‘linmalari terrorchilarga qarshi kurashmoqda, boshqalari asosiy vazifasi esa AQSHning xalqaro maydonda Rossiya va Xitoy kabi raqiblariga qarshi turish. Gap “qurolli to‘qnashuvlar ostonasidan past” darajadagi zarar yetkazish va taʼsir o‘tkazish mumkin bo‘lgan kampaniyalaridagi raqobat haqida ketmoqda.