Rossiya IT-gigantlari bilan qanday kurashmoqchi?

Rossiya hukumati YouTube va Facebook boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga urinmoqda. IT-gigantlar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun, Davlat Dumasida xabar qilinganidek, yaqin oyda qabul qilinadi.

Twitter-ni to‘liq blokirovka qilish tahdididan so‘ng tarmoq Roskomnadzor bilan faolroq hamkorlik qila boshladi, shundan so‘ng uning ilovalari qisman blokdan chiqarildi.

Rossiya chet el platformalaridan va eng avvalo YouTube-dan voz kecha olmaydi. Video xizmatini blokirovka qilish eng katta media vositaga taʼsirini yo‘qotishni anglatadi. Mutaxassislarni fikriga ko‘ra, ular Xitoyning YouKu-siga o‘xshash analogni, xuddi RuTube -ni yarata olishmaydi. Xitoyda 1 milliard foydalanuvchi bor, Rossiyada esa 70 milliondan sal kam, shuning uchun auditoriya hajmi bo‘yicha rus segmenti kam sonli hisoblanadi. Yana bir sabab – bu monetizatsiya, RuTube yaxshi o‘rnatilmagan va uni ishga tushirish uchun ko‘p yillar davomida ishlash kerak. Vaziyat boshqa platformalarda ham xuddi shunday, masalan, Инстаграм analogi mavjud emas.

Shuning uchun “buyuk xavfsizlik devorini” yaratish imkonsiz. Hokimiyat uchun zarur bo‘lgan narsa, hech bo‘lmaganda kontentga va eng avvalo siyosiy oppozitsiyadagilarga taʼsir ko‘rsatishdir.

Albatta, davlat idoralarining internetdagi axloqsizlik va darknetning boshqa dahshatlari haqida qayg‘urishdan ko‘ra nazoratsiz kuch kanallari orqali odamlarga taʼsir ko‘rsatish muhimroq sanaladi.

Boshqa tomondan, ular istalgan X soatda “sizning barcha Internetlaringizni uzib qo‘yishlari” mumkin, garchi nazorat amalda qanday olib borishi hali nomaʼlum bo‘lsada.

Bir tomonda esa “Starlink” sunʼiy yo‘ldoshlari ishni boshlash arafasida. Ilon Mask inrevyularida hozirgidek, nimanidir o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lgan davr ortda qolganiga ishora qilmoqda. Agar butun elektrni o‘chirishsa-da, lekin bu ham yordam bermaydi, katta quvvatda ishlaydigan generatorlar mavjudligini unutmaslik kerak.