AQSh Markaziy Osiyoga NNTlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yo‘naltirmoqda

AQSh Davlat departamenti Qozog‘iston nodavlat tashkilotlarini “o‘z salohiyatini mustahkamlash” va “inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish” uchun moliyalashtirmoqchi.

1,5 million dollardan ortiq mablag‘ Qozog‘istondagi jamoat tashkilotlari va universitetlarga beriladi.

Davlat departamenti va USAID barchasi uchun mablag‘ ajratadi. Davlat departamentining taʼkidlashicha, “asosiy erkinliklar”ni himoya qilish bo‘yicha Qozog‘iston tashkilotlariga yordam ko‘rsatadi. Ammo, Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istondagi uyushmalarning erkinligini taʼminlashga eʼtibor qaratishni afzal ko‘rmoqda.

Ular Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning yaʼni hukumatni aholi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni eshitishini taʼminlanishda faoliyat olib borayotgan kuchli va barqaror NNTlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi.

700 ming dollar mamlakat o‘quv yurtlariga maxsus o‘quv rejasi uchun ajratilmoqda. Yana 800 ming dollar g‘arbparast nodavlat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. USAID Qozog‘istonda inson huquqlarini to‘liq taʼminlanishi rejalashtirmoqda. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, ularning asosiy maqsadi kelajakda Qozog‘iston nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarning manfaatlarini yana-da yaxshiroq himoya qilishi uchun inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashdir.

Shu bilan bir qatorda Global Media Agentligi (USAGM) – Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada “so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlash” va “mustaqil ommaviy axborot vositalari” bo‘yicha taʼlim dasturlarini amalga oshiradi. Ular mutaxassislarni tayyorlab, ularga so‘z erkinligi uchun yordam berishlarini aytmoqda.

Bayden maʼmuriyati nodavlat notijorat tashkilotlari, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalariga sarmoya kiritish orqali Markaziy Osiyoda o‘z taʼsirini kuchaytirmoqda. Bu haqda saytimizda bir qator materiallar eʼlon qilingan.

AQSh Qozog‘istondagi inson huquqlari va so‘z erkinligi loyihalir uchun millionlab mablag‘ ajrayotgan Qirg‘izistondagi mazkur loyihalar  10-50 ming dollar ajratmoqda.

AQSh Davlat departamentining taʼkidlashicha, Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari butun Markaziy Osiyo mintaqasida “eng ochiq” matbuot deb hisoblanadi.

“Davlat departamenti dasturlari Qirg‘izistondagi mustaqil va masʼuliyatli jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash orqali erkin axborot almashinuvi va so‘z erkinligini taʼminlashi kerak”.