Turkiya Afg‘onistonga “kirishni” uddasidan chiqdi

Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini AQSh chiqib ketganidan keyin o‘z zimmasiga oladi. Oq uy bu haqda rasmiy bayonot berib, “Anqara aeroportni himoya qilish uchun Erdo‘g‘an talab qilgan yordamni beradi”, deb aytdi.

Endi Turkiya (Qobul) Hamid Karzay aeroporti xavfsizligini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shunga qaramay, AQSh bu missiyani Anqara bajara olmaganida qanday harakat qilish bo‘yicha keyingi ssenariylar bo‘yicha ishlamoqda.