Erdo‘g‘an Afg‘oniston ustidan nazoratni olishga tayyor

Agar AQSh pul berishga va uni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lsa, Turkiya Afg‘onistonda harbiy kuchlarni saqlab qolishi mumkin. Bunday taklif bilan Turkiya prezidenti Baydenga NATO sammitidan so‘ng murojaat qilgan.

Ammo Toliblar bunday ssenariyga qarshi. Bunday kelishuv Toliblarning AQSh bilan shartnomasi buzilishiga olib keladi deb taʼkidlamoqda. Agar Vashington uchun turk harbiylarining mamlakatda qolishi jangarilar tomonidan hokimiyatni egallab olishining oldini olish uchun imkoniyat bo‘lsa, Anqara uchun esa bu mintaqada o‘z o‘rnini yana-da mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Ehtimol, bunday holat Afg‘oniston bilan chegaradosh Markaziy Osiyo respublikalarida amerikaliklar ishtirokisiz barqaror bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan Rossiyaga mos kelishi mumkin. Moskva esa Anqara bilan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan Janubiy Kavkazgacha munosabatlar o‘rnatishda tajribaga ega.

Afg‘onistondagi turk kontingentini saqlab qolish masalasi tez orada hal qilinmaydi. Ko‘p narsa Tolibon pozitsiyasiga bog‘liq. Ular Erdog‘anning tashabbusiga qarshi. NATO aʼzosi sifatida Turkiya Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak.

Sizningcha, Turkiyani Afg‘onistonga kirib kelishi qanday kechishi mumkin?