AQSh Tojikiston va O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi

Davlat departamentiga ko‘ra, uchrashuv maqsadi mintaqaviy tahdidlarga qaratilgan.

Avvalroq OAVda AQSh Afg‘onistondan olib chiqib ketayotgan armiya qo‘shinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Yaqinda Tolibon harakati Afg‘oniston hududining 80% ustidan nazoratni olganini eʼlon qilgan edi. U yerdagi harbiylar Tojikiston va O‘zbekistonga chekinayotgani kuzatilmoqda.